Buxoroda koronavirus paydo bo‘lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi

© AFP 2023 / HECTOR RETAMALKoronavirus. Chelovek v maske
Koronavirus. Chelovek v maske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda tarqalishi kuzatilayotgan yangi koronavirus bilan kasallangan bemorlar Buxoroda ham paydo bo‘lgani haqidagi videorolik internetda tarqaldi.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Shu kunlarda Xitoyda tarqalishi kuzatilayotgan yangi koronavirus bilan kasallangan bemorlar Buxoroda paydo bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar rad etildi.

V virusologicheskoy laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
SSV Jizzaxda bemor koronavirusdan vafot etgani haqidagi xabarni rad etdi

Ichki ishlar organ xodimlari Telegram o‘z kanalida 27-yanvarda bu haqda fosh qiluvchi reportaj tayyorlashdi.

Bunga sabab bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videorolik bo‘ldi. Unda bir yigit buxoroliklarni shaharda Xitoy koronavirusi paydo bo‘lishi bilan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqtirish holati shahar perinatal markazida qayd etilgan.

Yigit hammani gigiyenaga rioya qilish: sovun bilan qo‘l yuvish, tibbiyot niqoblarini taqish,  daydi hayvonlarni chetlab o‘tish va ko‘chada fastfud iste’mol qilmaslikka chaqirgan.

“Bu xavfli bo‘lishi mumkin, chunki biz bu kasallik qanday o‘tishi, aynan Buxoroda bu kasallikdan dori borligini bilmaymiz”, - degan u videorolikda.

Huquq tartibot organlari bu xabarni feyk ekanligini ma’lum qilishdi.

Viloyat IIBda Sputnik muxbiriga ma’lum qilinishicha, ular videorolik muallifini topishgan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazishgan.

Bu yigit shahardagi oliygohlardan birida tahsil olayotgan talaba - Sardor Po‘latov ekanligini ma’lum bo‘ldi – u bu haqida “tengqurlar bilan suhbatda eshitib qolgan ekan”.

Aholini tinchlantirish va paydo bo‘lgan sarosimani minimallashtirish maqsadida huquq tartibot organlari tezkorlik bilan raddiya tayyorlab, tarqatishdi.

Yigit noto‘g‘ri ma’lumot aytganligini tan oldi va sarosimaga sabab bo‘lgan xabarni tarqatgani uchun kechirim so‘radi.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Uxandan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilishga qo‘yilgan ta’qiq bekor qilingani yo‘q - TIV

Videoda talaba yolg‘on ma’lumotlarni aytganini shahar tug‘ruq majmuasi xodimi Gulchehra Sayfullayeva ham tasdiqladi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha kun ichida Buxoroda haqiqatan ham bemorlarning o‘lim holatlari qayd etilgan. Biroq, ularning hech birida koronavirus tasdiqlanmagan.

Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasi tarqalganligi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialida bemor mazkur kasallikdan vafot etganligi hamda bir guruh bemorlarning ushbu virus alomatlari bilan davolanayotganligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qilgandi.

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi. Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Vyetnam, Singapur, Tayvan, Fransiya va AQShda ham ushbu virus aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0