TOShKENT, 29 yanv — Sputnik.Toshkentda IIO xodimiga bermoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, 27-yanvar kuni Chilonzor tumani IIO FMBning hududiy bo‘limlaridan birining boshlig‘ining o‘rinbosari Toshkent IIBB rahbariyatining nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Unda u o‘sha kuni 30 yoshli Aliakbar I.ning giyohvandlik vositalarini saqlash bilan bog‘liq huquqbuzarligini sodir etilishi holatini qayd etganganini bayon qilgan. Aliakbar I.ning yonidan ikkita gugurt qutisida saqlangan marixuana topilgan.
Qo‘lga olingan fuqaro xodimdan ishni rasmiylashtirmaslikni iltimos qilgan va buning evaziga esa 10 ming dollar taklif qilgan.
“Suhbat xodim tomonidan audimoslamaga yozilib, arizaga CD-disk ko‘rinishida ilova qilingan. Ushbu vaziyat haqida u IIVning Toshkent shahar bo‘yicha xavfsizlik boshqarmasiga, shuningdek, Toshkent shahar prokuraturasiga ma’lum qilgan”, - deyiladi xabarda.
Shu kunning o‘zida tezkor guruh tuzilgan va tezkor tadbirda Aliakbar I. 9,5 ming dollar berayotganida qo‘lga olingan. Yana 500 dollar uning cho‘ntagidan topilgan. Jinoyatchi ilgari giyohvandlik vositalari saqlaganligi fakti bo‘yicha bayonnoma tuzilganini va mas’uliyatdan qochish niyatida u xodimga pora taklif qilganini tasdiqlagan.
Toshkent shahar prokuraturasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bo‘yicha (“Pora berish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.