Abdulla Aripov koronavirus masalasida majlis o‘tkazdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Xitoyda tarqalayotgan yangi turdagi koronavirusning mamlakatga kirib kelishining oldini olish masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Aripov har bir tashkilotlarga muayan topshiriqlar berdi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoyda tarqalayotgan yangi turdagi koronavirusning mamlakatga kirib kelishining oldini olish masalasida 28-yanvar kuni yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda hali bittayam holat bo‘lmagan. Kecha Bosh vazir tomonidan komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Har bir idora va tashkilotlar, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Chegara qo‘shinlariga topshiriqlar berildi”, – dedi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev  Xalqaro press-klub sessiyasida.

Uning aytishicha, hozircha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virus qayerdan kelib chiqqani haqida aniq xulosaga kelmagan.

Sovremennost i traditsii: novoe uzbekskoe posolstvo v Kitae - foto - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona vakili Uxandagi vaziyat yuzasidan vahimaga berilmaslikni so‘radi

“Bitta narsani bilishimiz kerak: koronavirus – havo tomchi yo‘li bilan yuqadigan infeksiya. Aksirganda, yo‘talganda bir-biriga o‘tuvchi, odamdan odamga o‘tishi mumkin bo‘lgan infeksiya. Gripp bilan taqqoslasak, grippga o‘xshagan havo tomchi infeksiyasi. Alohida ta’kidlashim kerak, grippda o‘lim holatlari 2-4 foizni tashkil qiladi. Bu yerda ham [koronavirusda] o‘lim holatlari umumiy kasallanganlarga nisbatan 2-4 foizni tashkil qiladi. Bu infeksiya bilan kurashishimiz mumkin. Birinchi navbatda gigiyena talablari, qoidalarini bilishimiz va rioya etishimiz kerak. Bu degani, shamollagan odam niqob taqishi yoki uni alohidalash kerak. Tegishli dorilarni berib, simtomatik davolanadi. Bu davolanadigan kasallik”,-  dedi vazir o‘rinbosari.

Bahodir Yusupaliyev aholini vahimaga tushmaslikka chaqirib, virus O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish uchun yetarli choralar ko‘rilganini bildirdi.

Uning ma’lum qilishicha, chegaradagi sanitar-karantin  punktlarining faoliyati nazoratga olingan. Har bir punktga infeksionist biriktirilgan. Tegishli teplovizor bilan kirib kelayotganlarning tana harorati ko‘tarilgan-ko‘tarilmaganini bilsa bo‘ladi. Qolaversa,  har bitta tibbiyot muassasasida zaxira o‘rinlar, dori-darmonlar tayyorlab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurishdan tiyilib turishlarini qat’iy tavsiya etgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0