TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonning Pekindagi elchixonasi vakili Akmalxon Olimxonov Uxandagi vaziyat yuzasidan videomurojaat bilan chiqdi.
Oʻz murojaatida elchixona vakili ayni damda Pekindagi elchixona xodimlaridan iborat shtab tuzilganini va ular xitoydagi Oʻzbekiston fuqarolari bilan doimiy aloqada ekanligini xabar qildi.
Shuningdek Olimxonov Uxandagi fuqarolar bilan ham aloqa oʻrnatilganini, shahardagi vaziyat Xitoy hukumatining toʻliq nazorati ostida ekanini xabar qildi. Elchixona xodimining soʻzlariga koʻra, Uxandagi Oʻzbekiston va boshqa davlat fuqarolari shaharda eʼlon qilingan karantin tufayli u yerni tark eta olmasliklarini tushintirdi.
Shu bilan birga, hech qanday vahimaga oʻrin yoʻqligini, koronavirus bilan kurashga xitoyning eng tajribali shifokorlari jalyub etilganini ham aytib oʻtdi. Shuningdek Uxan shahri supermarketlarida ham oziq-ovqat muammolari yoʻqligi alohida qayd etildi.
Elchixona vakilining soʻzlariga koʻra, bugungi kunda ushbu mamlakatning 3ta shahridan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri aviatsiya parvozlari amalga oshirilmoqda. Batafsil maʼlumotlarni quyidagi xabardan topishingiz mumkin.