TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Tramp allaqachon Eron bilan jang qilmoqchi emasligini va iqtisodiy sanksiyalar siyosatini davom ettirishini aniq aytdi, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Natalya Dembinskaya.
Ammo mutaxassislar ogohlantiradilar: Tehron mojaroni ataylab avj oldirishi mumkin. Buning natijasi AQSh birjalarining qulashi va global inqiroz bo‘ladi. Ushbu bashoratni dunyoning yetakchi iqtisodchilaridan biri Nuriyel Rubini aytdi. Ushbu ssenariy nima uchun juda haqiqatga yaqin ekanligi to‘g‘risida - RIA Novosti Natalya Dembinskaya materialida.
Gaplaridan qaytdi
AQSh harbiy-havo kuchlari 3-yanvarga o‘tar kechasi Iroqdagi Islomiy inqilobiy soqchilar korpusining Al-Quds maxsus kuchlarini boshqargan Eron generali Qassam Sulaymoniyni yo‘q qilganidan so‘ng, Tehron Pentagonni terrorchi tashkilot deb tan oldi va 2015-yildagi yadroviy bitimdan chiqish niyatini bildirdi. U qasos olishni va’da qildi va amerikaliklardan Yaqin Sharq mintaqasini tark etishni talab qildi. 8-yanvarga o‘tar kechasi IIKC AQShning Iroqdagi bazalariga o‘nlab raketalarni uchirdi.
AQSh va Eron o‘rtasida katta urush muqarrar bo‘lib tuyuldi. Ammo bunga javoban Donald Tramp faqat Tehronga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi.
"Eron hujumi paytida amerikaliklarning hech biri jabrlanmadi. Biz yo‘qotishlarga duch kelmadik. Barcha askarlarimiz xavfsiz va bizning harbiy bazalarimiz ozgina zarar ko‘rdi", dedi Tramp va Eron "chekinayotganga o‘xshaydi va bu hamma manfaatdor tomonlar uchun yaxshi" deb qo‘shib o‘tdi".
Keyinchalik AQSh Markaziy qo‘mondonligi AQShning 11 harbiysi Eron raketa zarbalari natijasida jabrlanganini tan oldi. Biroq, Oq uy murosaga kelish pozitsiyasini o‘zgartirmadi.
Kuzatuvchilar ta’kidladilar: Tramp general Qassam Sulaymoniyning o‘ldirilishidan keyin gapirgan tajovuzkor bayonotlardan o‘zini olib qochmoqda. Keyin u Eronning neft va madaniy obyektlariga zarba berishga va’da berdi.
Qassam Sulaymoniyning o‘limi va Eronning AQShning Yaqin Sharqdagi bazalariga qilgan hujumi neft va metall narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Yanvar o‘rtalarida Brent bir barreli 71,5 dollargacha ko‘tarildi, oltin esa yetti yillik eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. AQSh, Yevropa va Osiyodagi birjalar ko‘rsatkichlari, aksincha, pasayib ketdi.
Biroq, aksariyat tahlilchilarning Vashington va Tehron mojaroni kuchaytirmaslikka ishonishlari S&P 500 fond birja indeksini yangi rekordlargacha ko‘tardi. Investorlar ikkala tomonga ham inqirozning yanayam kuchayishini keragi yo‘q fikrga kelishdi, ammo bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa, iqtisodiy oqibatlari jiddiy bo‘lmaydi.
Eron javob berishi mumkin
Bu juda optimistik nuqtayi nazardir deb global moliyaviy sohada taniqli mutaxassis Nuriel Rubini ishonadi.
Uning fikricha, Eron nafaqat inqirozni chuqurlashtirish uchun barcha imkoniyatlarga ega, balki bunga intilish uchun sabablar ham bor. Axir, neft narxining ko‘tarilishi oqibatida, global inqiroz va, ehtimol, AQShda hokimiyat almashinuvi bo‘ladi.
Rubini ta’kidlaydi: bozorlar bu vaziyat qanchalik xavfli ekanligini to‘liq tushunib yetmadi. Endi Qo‘shma Shtatlar avvalgiga qaraganda import qilingan neftga kamroq bog‘liq, ammo narxlarning tez ko‘tarilishi 1990-yil kabi retsessiyaga olib kelishi mumkin.
"Neft shoki amerikaliklarning xarajatlarini keskin pasayishiga va ichki talabni pasayishiga olib keladi, bu esa AQSh iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Turkiya kabi eng yirik neft importchilari ham zarar ko‘radi. Markaziy banklar neft narxining ko‘tarilishiga javoban stavkalarni ko‘tarmaydi, ular hatto pasaytirish imkoniyatlarini ham tugatib bo‘lgan”, - deya ta’kidlaydi Rubin Project Syndicate nashrida chop etilgan maqolasida.
AQShning dahshatli tushi
Bundan tashqari, Tehron zaxirasida Ormuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yishi imkoniyatini ham ushlab turipti. Ko‘pchilik aynan shu jihat Trampning tajovuzkor shov-shuvlarni to‘xtatishga majbur qiladigan narsa ekanligiga ishonishadi.
AQShning eng yirik sarmoyaviy banklaridan biri JP Morgan ning hisob-kitoblariga ko‘ra, Ormuz bo‘g‘ozining xech bo‘lmasa olti oyga yopilishi neft narxini 150 dollargacha ko‘tarilishiga olib keladi va global inqiroz uchun sharoit yaratadi. Bo‘g‘ozda yuk tashish atigi bir oyga to‘htatilsa ham, barrel narxi 80 dollargacha ko‘tariladi.
"Va kotirovkalarning bunday mo‘’tadil o‘sishi AQSh fond bozorining kamida o‘n foizga pasayishiga olib keladi, sarmoyaviy, ishbilarmonlik va iste’molchilar ishonchiga jiddiy zarba beradi. Shok 20 foizga pasayishi mumkin bo‘lgan boshqa bozorlarga ham tarqaladi. Natijada global iqtisodiyotning keskin pasayishiga duch kelamiz." Rubini ogohlantirmoqda.
Iqtisodiy zarba
AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik bozorlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatmasligi haqida boshqa tahlilchilar ham aytmoqda.
"Obligatsiyalarning daromadliligi pasayib ketdi, AQSh fond bozorida kuzatilgan ralli to‘xtab qoldi, sarmoyadorlar xavfsiz valyutalarga, birinchi navbatda yapon iyenasiga qochishmoqda", - Societe Generale valyuta bo‘yicha strateglari ta’kidlashmoqda.
"Ushbu mojaro bozorning global iqtisodiy tiklanishiga bo‘lgan umidlarni yo‘q qilishi mumkin. Vaziyat Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushi tufayli murakkablashmoqda", deyishadi Credit Agricole ekspertlari.
"Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashganda, Amerika iqtisodiyotining barometri - S&P 500 fond indekslari bilan bir qatorda, jahon kapital bozorlarining qulashi davom etadi", - tasdiqlaydi IAS "Alpari" rahbari Aleksandr Razuvayev. Natijada, Brent markasidagi neft narxi bizning ko‘z o‘ngimizda 50 dollarlik chegarasini kesib o‘tadi, bu esa Rossiya fond bozori va rubl kursiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shunda Rossiya 2019-yilda to‘plangan zaxiralarini budjet uchun juda foydasi tegishi mumkin.
AQSh va Eron o‘rtasida keng ko‘lamli urush ehtimolini, Nuriel Rubini juda past deb hisoblaydi - atigi 20 foiz. Biroq, Vashington va Tehron o‘rtasidagi munosabatlarni Sulaymoniyning o‘ldirilishidan oldingi darajaga qaytarish ehtimoli, uning fikricha, undan ham past, atigi besh foiz.