AQShning asosiy “aqliy markazi”: Rossiya uchun bahridan kechishimiz kerak bo‘lgan narsalar

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishNyu-York nakanune viborov prezidenta SShA
Nyu-York nakanune viborov prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlarning eng obro‘li va nufuzli ilmiy-tadqiqot markazi o‘zining ochiqchaligi va tafsilotlari bilan hayratda qoldiradigan strategiyani e’lon qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarning eng obro‘li va nufuzli ilmiy-tadqiqot markazi o‘zining ochiqchaligi va tafsilotlari bilan hayratda qoldiradigan strategiyani e’lon qildi. Bu strategiya AQShning Xitoy bilan yangi sovuq urushdagi g‘alabasini va Vashingtonning XXI-asrning geosiyosiy maydonida ustunligini ta’minlashi kerak. Ushbu strategiyada asosiy o‘rin Rossiyaga ajratilgan. Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llanilishi tavsiya etilayotgan yondashuv hatto tajribali rossiyalik va amerikalik tahlilchilarni ham hayratda qoldiradi.

Amerikanskie voyennie na ucheniyax NATO - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yana bir davlatni talamoqchi. U Rossiyadan qurol sotib olishni o‘ylab qoldi

Tashqi aloqalar bo‘yicha kengash (Council on Foreign Relations, CFR) juda ta’sirli tashkilot bo‘lib, u bilan juda ko‘p fitna nazariyalari (CFR “haqiqiy dunyo hukumati” degan ayblovlarga qadar) bilan bog‘liq va Amerika ichki va tashqi hayotidagi o‘zgarishlar haqidagi ko‘plab voqealar mavjud, ayniqsa tashqi siyosat sohasida, va shuning uchun uning “Xitoyga nisbatan makrostrategiyani amalga oshirish. AQSh uchun yigirma ikkita retsept” nomli ma’ruzasi Amerika va xalqaro siyosatni yaxshi biladiganlar uchun turgan gap katta qiziqish uyg‘otadi.

Dalillarga nazar solsak: CFR besh mingdan ortiq a’zodan iborat, jumladan, AQSh federal ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldorlari, AQShning o‘nta sobiq davlat kotiblari, Markaziy razvedka boshqarmasi direktorlari, nufuzli bankirlar, nufuzli huquqshunoslar, yetakchi chet el universitetlarining professorlari hamda ba’zi Amerika ommaviy axborot vositalarining rahbarlaridan. Manzarani to‘liq tasavvur qilish uchun ushbu tashkilot tegishli “ekspert tavsiyalarini” ishlab chiqish orqali Amerika rasmiylarining siyosiy qarorlarini o‘zgartirishga qaratilgan Rokfellerlar oilasi pullaridan (rasmiy Devid Rokfeller tadqiqotlari dasturi orqali) foydalanish uchun javobgar ekanligini esga olish kerak.

AQSh Xitoy va Rossiyaga qarshi turish uchun Osiyoda harbiy ishtirokini kuchaytiradi

Ushbu tashkilot 1921-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Uilsonga Amerika Qo‘shma Shtatlarining urushdan keyingi Yevropaga Amerika geosiyosiy manfaatlarini maksimal darajada qondirish uchun qanday ta’sir qilishi kerakligini aniqlashda yordam berish uchun tashkil etilgan. Shu darajada yaxshi amalga oshirildiiki, shu amaliyotdan keyin Council on Foreign Relations shundan beri o‘z ta’sirini kuchaytirib, tarkibini kengaytirdi. Agar okean ortida “chuqurda joylashgan davlat” tushunchasini o‘zida aks ettiruvchi biron bir tashkilot (ya’ni siyosiy va iqtisodiy qarorlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nufuzli va demokratik tarzda tanlanmagan kuch) bo‘lsa, u holda CFR ushbu ta’rifga juda mos keladi va bu shunga o‘xshash yagona tashkilot emas.

AQShga Xitoyga qarshi kurashish qulayroq bo‘lishi mumkinligi uchun Rossiya bilan munosabatlar normallashtirilishi kerak degan fikr Amerika ekspertlar hamjamiyati uchun yangilik emas. Muammo shundaki, ushbu “normalizatsiya”ga erishishning asosiy (va deyarli yagona) yo‘li sifatida Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar orqali faol ravishda “bo‘g‘ish va yo‘q qilish” va ideal ravishda “rejim o‘zgarishini” tashkil etish taklif etiladi. Bunday yondashuv g‘oyat g‘alati va muayan natijaga olib kelmaydi, ammo Rossiya uchun eng to‘g‘ri strategiya - uni “90-yillarga” qaytarish va uni "sovuq urushdagi mag‘lubiyatni tan olishga majburlash” (va shu jumladan AQShning dunyodagi asosiy rolini tan oldirish) deb ishonadiganlar nuqtayi nazaridan ehtimoliy yagona. Buning uchun iqtisodiy va kuch orqali  ta’sir qilish usullari maqbul. Darvoqe, bu ma’noda Rossiyaga bo‘lgan munosabat boshqa mamlakatlarga bo‘lgan munosabatdan unchalik farq qilmaydi, farq faqat taxmin qilinayotgan bosimning qanchalik shiddatliligida. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, Vashington dushmanlarni aytmasa ham, hatto o‘zining eng yaqin ittifoqchilari bilan ham diplomatik va sanksion nizolarga borishga tayyor. Amerikalik mutaxassislar Rossiyaga taklif etadigan maksimal “yengillik” – bu barcha asosiy geosiyosiy masalalar bo‘yicha to‘liq taslim bo‘lish evaziga “Katta sakkizlik”ga qaytish.

Council on Foreign Relations tomonidan e’lon qilingan strategiya mutlaqo boshqa mantiqdan kelib chiqadi. Birinchidan, Qo‘shma Shtatlar butun dunyoni yakka o‘zi mag‘lub qilishi mumkinligi haqida hech qanday tasavvur yo‘q. Bundan tashqari (va bu rasmiy Amerikaning munozalari nuqtayi nazaridan shok) - hatto Xitoyni yakka o‘zi mag‘lub etish ham ish bermaydi. Amerikaning “chuqur joylashgan davlatining” strategiyasi yanada uzoqroq ketdi - Qo‘shma Shtatlar umuman boshqa geosiyosiy sohalarda sa’y-harakatlarni to‘xtatib, Xitoyga e’tibor qaratishini, shuningdek, tub islohotlarni amalga oshirishi kerakligini ta’kidlaydi. Va faqat ushbu chora-tadbirlarning kombinatsiyasi (strategiyada ular "retseptlar" deb nomlangan - toksikologiyaga yoki farmakologiyaga aniq havola bilan) Vashingtonga zarur quvvatni beradi va g‘alaba uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Hayratlanisi shundaki, AQSh-Xitoy Sovuq urushi jabhasidagi hozirgi (juda achinarli) vaziyatni tavsiflovchi ushbu strategiya muallifi (nufuzli sobiq diplomat, taniqli lobbist, CFR katta ilmiy xodimi, Kissinjerning shaxsiy grantini olayotgan) Robert D. Blekvill (Robert D. Blackwill) Tramp va Obama ma’muriyatlarining Rossiya yo‘nalishidagi xatolari ustida ishlarini juda qattiq tanqid ostiga oladi, ayniqsa Maydan, Qrim va Kiyev uchun:

“Xitoy muammosini (“Xitoy muammosi” – bu dunyoda Xitoy ta’sirining o‘sishi, Xitoy iqtisodiyoti, armiya va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha Amerika muammolarini tasvirlash uchun foydalanadigan atama) tushunadigan Amerika prezidenti “Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqin aloqalar AQSh milliy manfaatlariga mosmi, degan savolni bergan bo‘lar edi.  “Xitoy muammosi”ni tushunadigan Amerika prezidenti Rossiyani Qrimni anneksiya qilganida 2014-yilda Rossiyaga qarshi uzoq muddatli sanksiyalarning kiritilishini shubha ostiga qo‘ygan bo‘lar edi, chunki sanksiyalarning kiritilishi Rossiya bilan Xitoyni ittifoqlashishiga turtki bo‘lishiga yordam bergan. “Xitoy muammosini” tushunadigan Amerika prezidenti prezident ma’muriyati amaldorlariga 2014-yildagi Kiyev inqilobini ochiqchasiga olqishlashiga ruxsat bermagan bo‘lar edi va shu bilan Pekinni (Moskvani ham) AQSh Xitoyda rejimning almashishini xohlayotganiga ishontirmagan bo‘lar edi”,- deb yozadi CFRning etakchi mutaxassisi.

Bunday e’tirof ko‘pga arziydi, ammo matndagi eng qiziq narsa - bu Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun taklif qilingan retsepti. Rossiya yo‘nalishi uchun taklif qilingan retsept mavhum bilan boshlanib aniqlikka o‘tib ketadi. “Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilar bilan kelishgan holda Vladimir Putin va Rossiya hukumati bilan Yevropa va Osiyoning dunyo tartibini va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan muloqotni boshlashga harakat qilishi kerak. Faqatgina “chuqur joylashgan davlatni” ifodalovchi “aqliy markazining” mutaxassisi, Amerikaning axborot maydonida, prezident Tramp Vladimir Putin bilan dunyo tartibi to‘g‘risida kengaytirilgan suhbat olib borilishini va shu bilan birga parvozdan qo‘rqmaslikni jiddiy targ‘ib qilishi mumkin va shu bilan birga “Kreml uchun ishlashida” FBR tomonidan ayblanishida qo‘rqmasligi mumkin.

Viveshivanie flaga Rossii u mejdunarodnogo vistavochnogo sentra INTEX Osaka pered otkritiyem sammita Gruppi dvadsati v yaponskoy Osake - Sputnik O‘zbekiston
AQSh vakillar palatasi Rossiyaning "G7"dagi ishtirokiga qarshi rezolyutsiya qabul qildi

Ma’lum darajada, Council on Foreign Relations᾽ning strategiyasi quyidagilarni taklif qiladi: “Buni aniq ifodalaymiz: Vashington Moskva bilan munosabatlarni yaxshilash uchun yon berishga majbur bo‘ladi, chunki u Rossiyaga nisbatan amaldagi barcha siyosatni saqlagan holda amalga oshira olmaydi. Xuddi shu narsa Moskvaga ham tegishli. Ushbu ruhda AQSh Rossiya bilan Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining (NATO) kengayishi tugaganligi, Qrimning anneksiyasi uchun AQSh sanksiyalarini olib tashlaganligi va Rossiya yana G8 guruhiga qo‘shilganligi to‘g‘risida kelishuvga intilishi kerak. Evaziga Moskva o‘z qo‘shinlari chiqib ketishi bilan Sharqiy Ukrainadagi vaziyatga aralashishni to‘xtatadi va BMTning tinchlikparvar kuchlarini joylashtirishga rozi bo‘ladi, shuningdek, Amerika siyosati va madaniyatiga zaharli aralashuvni to‘xtatadi."

Aniq sabablarga ko‘ra, CFR strategiyasida aytilgan “almashinuv” sog‘lom Vashington-Moskva munosabatlari uchun ideal yoki hatto mos retsepti sifatida qabul qilinishi mumkin emas, ammo yana bir narsa muhim: nufuzli ilmiy markazning nuqtayi nazariga ko‘ra, Amerika elitalari asta-sekin Rossiya tahdid solish mumkin va kerakligi g‘oyasidan chekinib Moskva bilan mazmunli muzokaralar olib borish mumkin va kerak degan fikrga o‘rgana boshladilar. Shu nuqtayi nazardan, 2014-yilda Amerika elitasining etakchi ekspert markazi (Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirish uchun) boshlang‘ich pozitsiyasi sifatida Qrimni Rossiya deb tan olishi, "Katta Sakkizlik"ga qaytish (aynan ramz sifatida muhim), NATOni kengaytirishdan bosh tortish (ya’ni neytral holat - Ukrainani "Finlyandiyalizatsiyalanishi") va Ukraina armiyasini Donbassga qaytarishdan bosh tortish kabi muzokaralar olib borish takliflari pozitsiyasini “stolga qo‘yadi”, deb tasavvur qilish imkonsiz, bema’ni va aqlga sig‘maydigan narsa edi.

Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston
AQShning jahannamiy sanksiyalari: Nima uchun biz ulardan qo‘rqmasligimiz kerak?

Bu Vashington rasmiy pozitsiyasi sifatida qabul qilinadi degani emas va bundan tashqari, bu pozitsiya Rossiya manfaatlariga juda mos keladi, degan xulosaga kelib bo‘lmaydi, va bunday pozitsiya Council on Foreign Relations mutaxassisi rozi bo‘lishni taklif qilganidan ancha kengroq va chuqurroqdir. Biroq, deyarli eng yuqori darajadagi ekspert va siyosiy kun tartibiga bunday takliflarni kiritish, bu nafaqat Rossiya yo‘nalishidagi Amerika tafakkurining ma’lum bir evolyutsiyasini anglatishi mumkin.

Vashington o‘z qudrati xayollari bilan juda og‘ir ravishda xayrlashapti va Rossiyaning Amerika sanksiyalariga qarshi turishi va dunyodagi ta’sirini kengaytirishi bu yo‘qotishning yana bir aniq dalilidir. Agar biroz mubolag‘a qilsak, okean orti elitasi barcha tegishli bosqichlarni bosib o‘tganini ko‘rishimiz mumkin: birinchi navbatda, rad etish (masalan, Qrim o‘z portiga “jo‘nagan”iga ishonmaslik), keyin g‘azab (sanksiyalar, yana sanksiyalar va yana G8dan “surgun bo‘lish” bilan ifodalashgan sanksiyalar), hozirda esa og‘riqni kamaytirish uchun taklif qilinishi mumkin bo‘lgan narsalar haqida mulohazalar va savdolashish jarayoni o‘tmoqda. Ushbu jarayon bugun boshlanmadi, ammo endi u Vashington asta-sekin jiddiy ehtiroslaridan voz kechishga va (u o‘z mag‘rurligini kamsitadigan) ultimatumlarga emas, balki imtiyozlarga muhtojligini tan olishga tayyor bir bosqichga yetmoqda.

Katta ehtimol bilan, bu depressiya bilan, keyin esa yangi geosiyosiy voqelik qabul qilish bilan yakunlanadi. Ehtimol, Amerika refleksiyasining urinishlarga eng yaxshi javob bu Rossiya manfaatlarini himoya qilishda sabr-toqat va qat’iyatlilikdir. Okean orti “chuqur joylashgan davlati”ning vaqt va Amerikaning aql-idrokining qoldiqlari, endi ma’lum bo‘lishicha, Rossiya uchun ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0