Ivan Danilov. Jahannamiy sanktsiyalar AQShning axborot maydoniga va qonunchilikning kun taribiga qaytmoqda. Senatorlar va kongressmenlarning zarbasi ostida – rubl, Rossiyaning davlat qimmatli qogʻozlari, neft kompaniyalari va gaz quvurlari. “Bonus” sifatida esa AQSH Rossiyani, barcha kelib chiqadigan oqibatlarini qoʻshgan holda, “terrorizm homiysi boʻlgan” davlat deb eʼlon qilishlari mumkin.
Amerika parlamentida mamalakatimizga qarshi yoʻnaltirilgan bir nechta sanktsiyaviy tashabbuslar koʻrib chiqish holatida boʻlganligi sababli, baʼzida Rossiya iqtisodiyoti va moliya setorining qaysi segmentlari bosim ostida qolishini kuzatib borish qiyin. Agar barcha sanktsiyalar manzarasini qush parvozi balandligidan koʻrib chiqsangiz, Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning uchta paketini ajratib olsa boʻladi. Birinchi bunday paket Nord Stream-2-ga qarshi bilvosita sanktsiyalarni oʻz ichiga oladi va u chorshanba kuni Kongressda ovoz berilgan AQShning 2020 yilga harbiy byudjetga kiritilgan, deya xabar beradi AQSH OAVlari. Amerikalik qonun chiqaruvchilar Rossiya gazini sotib oluvchilar yoki xususan “Gazprom”ga qarshi sanktsiyalarni qoʻllashdan xijolat boʻlishdi, ammo ayni paytda Daniya sohilidagi gaz quvurlarni oʻtkazadigan kemalarning egalari boʻlgan Yevropa kompaniyalariga zarba berishga qaror qilishdi. Natijada, bu kompaniyalarning dollardagi hisob-kitoblarni toʻhtatilishi tahdidi va AQSH bilan ishlashi ularni loyihani tark etishga majbur boʻlishi va shu bilan Gazpromni Ukrainani manfaatlari saqlangan holda Ukraina orqali gaz tranzitini toʻlaligicha saqlab qolishga majbur boʻlishiga olib kelishi rejalashtirilmoqda.
Biroq, Wall Street Journal xabarida aytilishicha: "Gazprom vakili, agar Allseas (gaz quvurlarni oʻrnatadigan kemalarning ega kompaniyasi) loyihani tark etishga majbur boʻlsa, Gazprom oʻz kemalarini, shuningdek pudratchi kompaniyalarni kemalarni bu ishga sozlash orqali ishni yakuniga yetkazadi".
Sanktsiyalarning ikkinchi paketi ham Nord Stream-2-ga zarba, lekin toʻgʻridan toʻgʻri yoʻl orqali. Agar ushbu qonun loyihasiga ovoz berish Kongress va Senatda oʻtsa, keyin Tramp tomonidan imzolanadigan boʻlsa, Rossiya gaz quvurining homiylari – uning qurilishini moliyalashtirayotgan Yevropa kompaniyalariga sanktsiyalar qoʻllaniladi. Gaz quvurining deyarli bitkazilganligi va barcha zaruriy mablagʻlar jalb qilinib boʻlganligi sababli ushbu choralar samaradorligidan katta shubhalar mavjud.
Bundan tashqari, shunga oʻxshash loyihani AQSH Senati 2017 yilda koʻrib chiqqanida, rasmiy Berlin uni nafaqat qoraladi, balki “javob choralari” bilan tahdid qildi. Reuters xabarida: "Agar AQSH Senati tomonidan taklif qilingan Rossiyaga qarshi sanktsiyalar nemis firmalarining jazolanishiga olib kelsa, Germaniya javob choralarini koʻrishi bilan tahdid qildi <...> Germaniya Iqtisodiyot vaziri Bridjit Tsipris bayonotiga koʻra, agar Tramp rejani qoʻllab-quvvatlasa, Berlin qarshi choralar toʻgʻrisida oʻylashiga majbur boʻladi."
Germaniya rasmiylarining pozitsiyasi oʻzgargan deb taxmin qilishga hech qanday sabab yoʻq.
Sanktsiyalarning uchinchi paketi – bu AQShning respublikachilar partiyasining ashaddiy rusofob vakillari tomonidan koʻp gapiriladigan “jahannamiy sanktsiyalari”. Qonun loyihasining rasmiy nomi "Amerika xavfsizligini Kreml tajovuzidan himoya qilish toʻgʻrisida" (DASKA) boʻlib, kelgusi haftalarda koʻrib chiqilishi mumkin. Reuters qonun loyihasining maqsadlari haqida: "Taklif qilinayotgan sanktsiyalar maqsadi: chet eldagi saylovlarga aralashish harakatlarini qoʻllab-quvvatlayotgan Rossiya banklariga qarshi; Rossiyaning kiber sektori; davlatning yangi qarzi; toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita noqonuniy va korruptsiyaga (Rossiya prezidenti Vladimir Putin) ishonchli shaxslari. "Qonun loyihasida Rossiya xazinasining daromadlarining qariyb 40 foiz ulushini tashkil etuvchi neft va gaz sektoriga qarshi qator choralar koʻzda tutilgan, shu jumladan, mamlakatning neft sanoatini rivojlantirish uchun tovarlar va xizmatlarini taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan sanktsiyalar qoʻllash koʻzda tutilgan".
Shuni taʼkidlash kerakki, amerikalik qonun chiqaruvchilar nuqtai nazaridan yuqoridagi barcha choralar, oʻzini Rossiyadan himoyalashga qaratilgan. “Rossiya oʻz hududini NATO bazalariga yaqinlashtirish bilan unga tahdid qilmoqda” taniqli xazilini boshqacha talqinda aytsak, kongressmenlar va senatorlar AQShga tegishli boʻlmagan har qanday neft konini oʻziga nisbatan shaxsiy haqorat, butun bashariy adolatni buzilishi va milliy xavfsizlikka tahdid deb qabul qiladilar. AQShnig boshqa mamlakatlarda qoʻllagan (masalan Suriyada kabi) “neft masalasini” hal qilish usullarini Rossiyaga nisbatan qoʻllashi Rossiya armiyasi, dengiz floti va yadroviy triadasi tufayli mumkin emas. Shuning uchun senatorlar va kongressmenlar sanktsiyalar koʻrinishida yechimlarni izlashlari kerak.
Biroq, amerikalik siyosatchilari va ekspertlari doiralarida eng keskin hissiyotlarni neft sektoriga qarshi sanktsiyalar emas, balki Rossiyaning davlat qarziga nisbatan sanktsiyalar keltirib chiqarmoqda. Ushbu “jahannamiy sanktsiyalar” tarafdorlari Rossiya davlat obligatsiyalari bilan operatsiyalarni taʼqiqlash, valyuta bozorida rublga talabning pasayishiga olib keladi deb umid qilmoqdalar va valyuta bozoridagi ushbu bosim oqibatlari Rossiya valyutasi kursini susaytiradi.
Moliya bozoridagi vahima va valyuta kursidagi qiyinchiliklar, ehtimol, santsiyalar mualliflari Rossiya iqtisodiyoti va jamiyatini buzishni dastagi boʻlib xizmat qiladi deb niyat qilmoqdalar, bamisoli. Ushbu nazariyaning amalga oshishini bir qator muammolari mavjud. Asosiysi: Rossiya (va bu amerikalik kongressmenlarga tushunish mushkul, chunki baʼzilari sayyora geografiyasini yaxshi bilishmaydi, boshqa mamlakatlarning tarixi va va iqtisodiyoti haqida gapirmasak ham boʻladi) – bu odatiy "uchinchi dunyo mamlakati" emas, va davlat obligatsiyalariga investitsiyalarga toʻsiq qoʻyish orkali tashqi moliyalashtirishni toʻxtatish – bu Rossiya uchun xalokat emas. 2014-2016 yillarda bizning mamlakatimiz xalqaro bozorlarda xususiy sektorni tashqi moliyalashtirishga toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq muammolarning koʻpini boshidan kechirdi va Rossiya 2000-yillarda davlatning tashqi qarzga bogʻliqligi muammosini ham hal qildi.
Bu "jahannamiy sanktsiyalar" Rossiya moliya va valyuta bozoriga taʼsir qilmaydi degani emas. Taʼsiri boʻladi, albatta. Ammo amerikaliklarning Rossiyani iqtisodiy jahannamga tashlamoqchi ekanliklari aniq amalga oshmayapti. Bundan tashqari, "jahannamiy sanktsiyalar " gʻoyasi qadimgi. U senator va kongressmenlarning alohida toifasiga, aniqrogʻi – moliya sohasida hech narsani tushunmaydigan rusofoblarga juda yoqadi.
AQSH moliya vaziri Stiven Mnuchin ulardan biri emas. Ular kabi u ham Rossiyani yoqtirmaydi, ammo u moliyachi va ikki yildan buyon sanktsiya berish huquqidan foydalanmayapti va parlament aʼzolariga bunday sanktsiyalarni kuchaytirish mumkin boʻlgan qonunlarni qabul qilishga toʻsqinlik qilmoqda. Eslatib oʻtish joiz, "jahannamiy sanktsiyalar"ni joriy qilishga urinishlarga javoban Mnuchin kongressmenlar va senatorlarga maktub yozib, unda oʻz pozitsiyasini bayon qildi.
Uning muloxazalari hanuzgacha Shtatlar jazosiz harakat qilishi mumkinligi va Rossiyaga qarshi moliyaviy sanktsiyalarning yoʻqligi faqatgina Amerikaning afsonaviy raxmdilligi bilan bogʻliq degan fikrda boʻlganlar uchun yoqimsiz boʻlib chiqadi. Aslida, bu Tramp maʼmuriyatining baʼzi bir amaldorlari xaqiqiy bilimlarga va oʻz-oʻzini himoya qilish instiktiga egaligidan dalolatdir: "Rossiya iqtisodi real va moliyaviy sektorlari global biznes va investorlar bilan keng aloqaga ega boʻlganligi sabali, sanktsiyalarning oqibatlari Rossiya hukumati va biznes bilan cheklanmaydi. Xususan, sanktsiyalarning kengaytirilishi yirik amerikalik (fondlar va banklar) aktivlarni boshqaruvchilarining raqobatbardoshligiga halaqit berishi va dunyo moliyaviy bozorlari va moliyaviy kompaniyalar uchun salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, garchi Yevropa ittifoqi shunga oʻxshash sanktsiyalarni amalga kiritsa, raqobat buzilishlari qisman yumshatilishi mumkin. Yevropa Ittifoqi va AQShning boshqa sheriklari tomonidan Rossiyaning yangi suveren qarzi bilan bitimlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilmasdan amalga oshirilishi, Rossiyaga qarshi AQSH sanktsiyalarining kengayishi sanktsiyalarning yaxlitligini taʼminlash xarakatlariga putur yetkazishi mumkin. Rossiya iqtisodiyotining koʻlami, aktivlarning global bozorida oʻzaro bogʻliqligi va keng tarqalishi, shuningdek, AQSH kompaniyalarining global sanktsiyalarga haddan tashqari amal qilishlari xisobga olinsa, davlat suveren qarzi va derivativlarga nisbatan sanktsiyalarning kengaytirilish oqibatlari va qamrovi noaniq, Rossiya Federatsiyasi va Amerika investorlari va kompaniyalari uchun ham xavfli boʻlishi mumkin. "
Moliyaviy ingliz tilidan odatiy tilga oʻgirilganda – AQSH moliya vazirining xavotiri quydagidan iborat: agar Yevropa Ittifoqi ham bu kabi sanktsiyalarni qoʻllamasa (garchi Yevropa Ittifoqi bu kabi ishlarni amalga oshirishni xohlamasa ham), unda Vashington nafaqat Rossiyadan javob oladi, balki shunda investorlar, yaʼni Rossiya obligatsiyalarining yakuniy xorijiy xaridorlari – Amerika banklari va investitsiya fondlarini Yevropa, Yaponiya, Xitoy yoki ofshor moliya institutlariga Rossiya aktivlariga kirish imkoniga ega boʻlish uchun oʻtib ketishadi. Bundan tashqari, Rossiya aktivlari xalqaro investorlarga 2018 yildagiga qaraganda yanada jozibadorroq, chunki faqatgina rivojlanayotgan bozorlarda (va ayniqsa bizning mamlakatimizda) yevropalik sarmoyadorlar hanuzgacha davlat obligatsiyalariga investitsiyalarning ijobiy va yuqori daromadliligiga umid qilishlari mumkin. Shu asnoda, “jahannamiy sanktsiyalar” Rossiya uchun qisqa muddatli noqulaylikka aylanishi mumkin, va buning uchun Amerika moliya sektori pul va mijozlarni yoʻqolishi uchun toʻlaydi.
Extimol, “jahannamiy sanktsiyalar” va Nord Stream-2-ga qarshi barcha choralar haqiqatdan joriy qilinadi. Biroq, hatto Amerika rasmiylari ham ularning samaradorligiga asosli shubha qilishmoqda. Soʻnggi besh yil ichida bunday gʻaroyib takliflar Kongress va Senat tomonidan harakatsiz ushlab turilgani yoki Prezident maʼmuriyatining tagida yotgani bejiz emas.
Ammo, agar amerikalik qonun chiqaruvchilar Amerika moliya sektoriga zarar yetkazishga qaror qilsalar va Yevropa Ittifoqini moliya va energetika sohasidagi haddan tashqari Amerika vasiyligidan ozod qilish uchun qoʻshimcha turtki berishsa, bunda tashvishlanishga xojat yoʻq.