AQShning Bag‘doddagi elchixonasiga uyushtirilgan otishmaning sababi nimada – ekspert fikri

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Mosul
Goroda mira. Mosul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Bag‘doddagi elchixonasi o‘qqa tutilishi oqibatida bir necha kishi jarohat oldi. Harbiy siyosatshunos Andrey Koshkin Iroqning Amerikani qo‘llab-quvvatlovchi qismi vaziyatni nazorat qilishni qo‘ldan chiqarmoqda deb hisoblaydi.

“Yashil hudud” va AQShning Bag‘doddagi elchixonasi raketalar bilan o‘qqa tutilishi natijasida bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti “as-Sumariya” telekanaliga tayangan holda xabar qildi.

Elchixonadagi odamlar vertolot yordamida evakuatsiya qilindi.

Avvalroq OAV AQSh elchixonasi hududiga uchta raketa kelib tushganligi haqida xabar bergan edi.

Bag‘dodning “Yashil hududi” vaqti-vaqti bilan raketa hujumlarining nishoniga aylangan. Xususan, 20-yanvar kuni kechqurun Amerika elchixonasi yaqiniga raketalar tushdi, shunda qurbonlar va vayronagarchiliklar bo‘lmagan.

Harbiy siyosatshunos, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining siyosiy fanlar va sotsiologiya kafedrasi mudiri Andrey Koshkin ushbu vaziyatga izoh berdi

Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Bag‘doddagi AQSh elchixonasi yaqiniga 3ta raketa kelib tushdi

“Biz ularning Iroqning diplomatik hududi bo‘lgan “yashil hudud” o‘qqa tutilayotgani haqida ma’lumotlarni doimiy ravishda olib turamiz va bu mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish uchun xayrixoh alomat emas. Menimcha, bunday otishmalar, afsuski, takrorlanib boradi. Bu kabi o‘qqa tutilishlar, ko‘rinishidan, bugun mamlakatdagi amerikaparast hukumat nazoratidan chiqib ketgan ichki vaziyat va AQSh o‘zlarini vaziyat xo‘jayini deb his qilishlari istagi bilan bog‘liq. Va bu, ehtimol, shunga o‘xshash hodisalarning ro‘y berishining sababchisi. Shuning uchun AQSh Yaqin Sharqda o‘z qismati haqida, va ehtimol, Yaqin Sharq mamalakatlari, va aynan Iroqga nisbatan o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerak “, – deb Andrey Koshkin Sputnik radiosi efirida.

Dekabr oxirida Amerika kuchlari Suriya va Iroqdagi shia mazhabidagi “Katayib Hizbulloh” nishonlariga zarba berganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. Shundan keyin harakat tarafdorlari Bag‘doddagi Amerika diplomatik vakolatxonasiga hujum boshladilar. Keyin Vashingtonning o‘tkazilgan maxsus amaliyoti davomida Eron generali Qosim Sulaymoniy va Iroq shialari ko‘ngillilari rahbarining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis o‘ldirilgan. AQSh ularni AQSh elchixonaga hujum uyushtirishda ishtirok etgan deb hisoblaydi.

8 yanvarga o‘tar kechasi Eron AQShning Iroqdagi bazalariga raketa hujumlarini uyushtirdi va bu Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun o‘ch olish deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0