O‘zbekiston va Qozog‘iston yo‘lovchilarning hujjatini tekshirishni kamaytirishni muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda ikki davlat mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan turli xil ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratildi.

TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. Qozog‘istonda “Yo‘lovchi tashish transporti” AJ va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ hamda O‘zbekiston va Qozog‘istonning bir qator davlat organlari vakillari ishtirokida ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabariga ko‘ra, unda ikki davlat o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 18-qo‘shma yig‘ilishi bayonnomasida belgilab berilgan ayrim vazifalar ijrosi xususida so‘z yuritilgan.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Chegaradagi qaroqchilar – TIV Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatga izoh berdi

Qayd etilishicha, yig‘ilishda so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan turli xil ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ qarashli yo‘lovchi poyezdlarining Qozog‘iston xududidan hamda Qozog‘istonning “Yo‘lovchi tashish transporti” AJ qarashli yo‘lovchi poyezdlarining O‘zbekiston hududidan o‘tishida har ikkala davlat migratsiya, bojxona , chegara xizmati, ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida qo‘shma monitoring o‘tkazish borasida fikrlashib olindi.

Shuningdek, yig‘ilishda davlat chegara stansiyalarida bojxona, chegara xizmatlari nazorati jarayonlarini tezlashtirish, migratsiya, ichki ishlar organlari kabi tashkilotlar tomonidan yo‘l davomida yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshirish kabi holatlarni kamaytirish masalalari muhokama qilingan.

Qolaversa, poyezd ichida yo‘lovchilarga davlat chegaralaridan o‘tishda nimalarga e’tibor qaratishlari, zarur hujjatlar haqida ko‘proq ma’lumotlar berishni, tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Taraflar yo‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish, ularni tegishli davlat organlariga yuborib kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilishga e’tibor qaratishdi.

Tadbir so‘nggida ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishini joriy  yilning yoz oylarida Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0