Jamiyat

Chegaradagi qaroqchilar – TIV Qozogʻiston chegarasidagi vaziyatga izoh berdi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov /  / Mediabankka oʻtishKontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozogʻiston chegarasini kesib oʻtayotgan fuqarolardan noqonuniy pul undirayotgan kishilar borasida Oʻzbekiston elchixonasi Qozogʻistonning teshgishli organlariga murojaat qildi.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishiga koʻra, muassasaga Qozogʻistonning “Tajen” chegara nazorat punktida nomaʼlum shaxslar tomonidan Oʻzbekiston fuqarolaridan pul undirilayotgani haqida bir necha bor xabarlar kelib tushgan. 

Ushbu munosabat bilan Oʻzbekistonning Qozogʻistonning tegishlari organlariga murojaat qilgan.

“Ushbu vaziyatning barcha tafsilotlarini aniqlash va muammoni hal qilish maqsadida Qozogʻistondagi elchixonasi va Aktau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozogʻiston tomon bilan birgalikda “qator diplomatik choralar” koʻrmoqda”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 1 noyabridan boshlab Toshkent viloyatiga yaqin boʻlgan “B.Konisbayev” nomli Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegara nazorat punkti rekonstruktsiya maqsadida 2020 yilning yarmiga qadar yopilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0