Turkiyadagi kuchli zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan – TIV

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPosledstviya zemletraseniya v Tursii
Posledstviya zemletraseniya v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyaning Malatya va Elyazig‘ sharqiy provinsiyalarida halokatli zilzila sodir bo‘ldi. Buning oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.

TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Turkiyadagi kuchli zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lmagan va jabrlanmagan. Bu haqda TIV mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga asoslanib xabar qildi.

Posledstviya zemletraseniya v Albanii - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada kuchli zilzila yuz berdi - halok bo‘lganlar soni tobora oshmoqda

“2020 yilning 24-yanvar kuni Turkiyaning sharqida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida vafot etgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, vaziyat elchixona va Istanbul shahridagi bosh konsulxona nazorati ostida.

Konsullik huquqiy departamenti Turkiya hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0