Turkiyada kuchli zilzila yuz berdi - halok bo‘lganlar soni tobora oshmoqda

© AP Photo / Visar KryeziuPosledstviya zemletraseniya v Albanii
Posledstviya zemletraseniya v Albanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar soni 1031 nafarni tashkil etadi, deb bayonot qildi Turkiya IIV rahbari.

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Turkiyaning Malatya va Elyazig‘ sharqiy provinsiyalarida yuz bergan halokatli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi, deb bayonot qildi Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Barabanniy seysmograf - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning ko‘plab joylarida sezildi

"Elyazig provinsiyasida 18 kishi, Malatyeda – to‘rt kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlar soni 1031 nafarni tashkil etadi.

Qutqaruvchilar uyumlar ostidan 39 nafar jabrlanganlarni chiqarib oldilar", – deya xabar qildi Soylu, u shuningdek, uyumlar ostida yana 22 kishi bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Zilzila oqibatida kamida 30 ta uy vayron bo‘lgan. Ayni vaqtda tumanda 200ta takroriy yer osti silkinishlari qayd etilgan. Turkiya hukumati uyumlarni tekshirish uchun mamlakatning turli regionlaridan 400 dan ortiq qutqaruv jamoalarini jalb etganlar.

Turkiyaning sharqiy qismi, Elyazig‘ provinsiyasida juma kuni 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Episentr Sivrij shahri ekanligi aytilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yuz bergan fojia sababli Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdog‘anga hamdardlik telegrammasini yo‘lladi. Turkiya xalqiga yer silkinishi munosabati bilan ko‘plab davlatlar yetakchilari va siyosatchilar hamdardlik bildirishmoqda, ular orasida Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ham bor.

Yangiliklar lentasi
0