TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2010-yil 27-30-yanvar kunlari Germaniyada amaliy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, delegatsiya Berlin shahrida “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi taqdimoti bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Forumda tomonlar iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.
Xabarda O‘zbekiston tomoni Germaniyaga safar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi qo‘shimcha qilingan.