Yaponiya O‘zbekistonga Orol fojiasini bartaraf etishda yordam bermoqchi

© Sputnik / Mariya NaumenkoPosadki saksaula na dne Aralskogo mora
Posadki saksaula na dne Aralskogo mora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Sanjar Valiyev Yaponiya O‘zbekistonga ekologik muammolarni bartaraf etishda yordam bermoqchi ekanini ma’lum qildi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Sanjar Valiyev Yaponiya O‘zbekistonga ekologik muammolarni bartaraf etishda yordam bermoqchi ekanini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“Yaponiya O‘zbekistonga Orol dengizi fojiasi kabi ekologik muammolar oqibatlarini bartaraf etishda yordam bermoqchi”, - dedi u.

Aralskoe more - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yida innovatsiya va texnologiyalar hududi tashkil etiladi

Valiyevning so‘zlariga qaraganda, Yaponiya hukumati mamlakatda innovatsiya va yuqori texnologiyalarni rivojlantirishda ham ko‘maklashmoqchi.

Valiyev Yaponiya Markaziy Osiyoda, avvalo O‘zbekistonda energetika va sanoat infratuzilmalarini rivojlantirishga qiziqish bildirayotgani va O‘zbekistonni mintaqadagi muhim hamkor sifatida ko‘rishini qayd etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida joylashgan Orol dengizi 1960-yilga qadar hududi bo‘yicha dunyoning eng yiriklari orasida to‘rtinchi bo‘lgan. So‘nggi 55-yilda orol hududi deyarli uch baravar qisqardi, suv sathi 29 metrga pasaydi va suv hajmi esa 15 karra kamaydi, uning tuzlanganlik darajasi oshib, baliqlar esa nobud bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi oxirida Nukusda Orolbo‘yi muammolariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘istondan yetakchi mutaxassis-ekspertlar hamda BMT va YeI vakillari ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0