Xitoyning Uxan shahridagi o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytariladi

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishProxojie v zashitnix maskax na odnoy iz ulis v Pekine
Proxojie v zashitnix maskax na odnoy iz ulis v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakili yoshlardan noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan vaziyatni keskinlashtirmaslikni iltimos qilib qolgan.

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar va ularning ota-onalariga murojaat qildi.

Abduraxim Elboboyev - Sputnik O‘zbekiston
“Karantin, narxlar ikki baravar oshdi”: o‘zbekistonlik talaba Uxandagi vaziyat haqida

"Bugungi kunda jahon ommaviy axborot vositalari tomonidan Xitoy Respublikasining Uxan shahrida "Koronavirus" tarqalayotgani haqidagi xabarlar keng tarqatilmoqda. O‘z o‘rnida Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati Xitoydagi vaziyat Elchixonamiz va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonamiz tomonidan nazoratga olinganini hamda mazkur yo‘nalishda uzluksiz ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi", - deyiladi xabarda.

Assotsiatsiyaning XXR dagi vakili Xusnulla Asadullayev epidemiya markazi bo‘lgan Uxan shahrida ta’lim olayotgan yoshlar bilan hozirgi vaqtga qadar doimiy aloqada bo‘lib turibdi va mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyat mahalliy Hukumat vakillari tomonidan to‘liq nazoratga olingan, qolaversa, XXRdagi O‘zbekiston elchixonasi va bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan ushbu masalani hal qilish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Assotsiatsiya vakili yoshlardan noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan vaziyatni keskinlashtirmaslikni iltimos qilib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalqaro Press Klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahridagi 30 nafar o‘zbekistonlik talabalar yurtga olib qaytilishini ma’lum qildi.

Ayni vaqtda Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bu borada ishlar olib borilmoqda, dedi vazir.

Yangiliklar lentasi
0