Ruhoniy: Eron yadroviy bitim bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga tayyor

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani
Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron prezidenti Yevropa o‘z majburiyatlarini bajarsa, Eron ham ularning bajarilishiga qaytishini ta’kidladi.

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eron “oltilik” bilan yadroviy bitim mavjud bo‘lishi yoki MAGATE bilan munosabatlar bo‘lishidan qat’iy nazar, yadroviy qurol ortidan quvmasligini  ma’lum qildi.

“Agar MAGATE bilan kafolatlar haqida kelishuv yoki SVPD bo‘lmasa ham, mamlakatimiz MAGATE bilan yaxshi yoki yomon munosabatlarga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, biz yadro quroliga intilmaymiz”, - deya Ruhoniy so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

U, shuningdek, Yevropa uchligiga (Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya) murojaat qildi va ular yadroviy bitimni buzish oqibatlari uchun javobgar bo‘lishlarini va agar Yevropa o‘z majburiyatlarini bajarsa, Eron ham ularning bajarilishiga qaytishini ta’kidlab o‘tdi.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Putin yadroviy derjavalarni koinotda tinchlikni ta’minlashga chaqirdi

2020 yil yanvar oyi boshida Eron “sentrifugalar soniga aloqador yadroviy bitimdagi so‘nggi asosiy cheklov”dan voz kechganini e’lon qilib,  “endi Eronning yadroviy dasturi bilan ishlashda hech qanday cheklovlar qolmaganini” ma’lum qildi. Shu bilan birga, Tehron avvalgidek MAGATE bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida va sanksiyalarni olib tashlanishi va yadro bitimida ko‘zda tutilgan Islom respublikasi manfaatlarini himoya qilingan taqdirda o‘z majburiyatlarini bajarishga qaytishga tayyor. Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Tehron ushbu hujjat bo‘yicha o‘z majburiyatlarining bir qismini bajarishdan bosh tortganligi sababli, Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha nizolarni hal qilish mexanizmi ishga tushirilishini e’lon qildi.

2015 yilda “oltilik” (Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya) va Eron Qo‘shma keng qamrovli harakat rejasiga (SVPD) erishilganligini e’lon qilishdi. Kelishuv Eronning yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutgan. Bitim asl ko‘rinishida uch yil davomida ham saqlanib qolmadi: 2018-yil may oyida AQSh undan bir tomonlama chiqib ketishi va Tehronga nisbatan qattiq sanksiyalar tiklanishini e’lon qildi. Eron kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirishni e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0