TOSHKENT, 24 yanv - Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari boʻlgan davlat rahbarlarining uchrashuvini oʻtkazishni taklif qildi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Igorm Shatrov bunday uchrashuvni rad etish uchun hech qanday sabab yoʻqligini taʼkidladi.
Vladimir Putin Isroilda Butunjahon Xolokost Forumida soʻzga chiqib, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolarini birgalikda xavfsizlik tadbirini oʻtkazishga chaqirdi. Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, bunday uchrashuv hozirgi chaqiriq va tahdidlarga jamoaviy javob izlashda katta rol oʻynaydi.
"Nafrat, shovinizm, antisemitizmning birinchi kurtaklari paydo boʻlishiga, ksenofobiya va shunga oʻhshash illatlarni orqavarotdan ilga surishlariga xushyor boʻlib paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Oʻtmishni unutish, tahdidlarga qarshi birlashmaslik ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biz bu illatlarni nafaqat ochiqchasiga aytishga balki ulardan dunyoni ximoya qilishimiz uchun shijoat va jasoratga ega boʻlishimiz kerak. Oʻrnakni, mening fikrimcha, BMTga asos solgan davlatlar berishi lozim. Tsivilizatsiyaning saqlab kolishi uchun maʼsul besh davlat”, - dedi Putin.
U Rossiya, Xitoy, AQSH, Frantsiya va Buyuk Britaniya davlatlari rahbarlari ishtirokida tadbir oʻtkazishni taklif qildi.
"Dunyoning istalgan joyida, hamkasblar uchun qulay boʻlgan joyda, Rossiya bunday jiddiy suhbatga tayyor. Biz kechiktirmasdan" Beshlik "rahbarlariga tegishli murojaatlarni yuborishni rejalashtirmoqdamiz", - deb qoʻshimcha qildi Putin.
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, bunday uchrashuv "ittifoqchilik va tarixiy xotira ruhiga umumiy sadoqatni" namoyish etadi.
Ushbu gʻoya Frantsiya Prezidenti Emmanuyel Makron tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, BMTning taʼsischi davlatlari "alohida tarixiy javobgarlikka" ega ekanligini va endi "ular yana birlashishi kerakligini" taʼkidladi.
Sputnik radiosida siyosatshunos, Zamonaviy mafkurani rivojlantirish milliy instituti direktori oʻrinbosari Igor Shatrov "beshlik" mamlakatlari "qayta ishga tushishi" kerak degan fikrni bildirdi.
"Bu taklif, albatta, oʻz vaqtida berildi. Axir bu yil biz nafaqat Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 75 yilligini, balki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topganining 75 yilligini ham nishonlamoqdamiz. Va ehtimol, qandaydir "qayta tiklash "zaruriyati paydo boʻlishi mumkin, tashkilotning va Xavfsizlik Kengashining istiqbollarini koʻrib chiqish: muhokama qilinishi kerak boʻlgan masalalar, yondoshuvlarni birlashtirish kerak. Ikkinchi Jahon urushidagi gʻolib davlatlar 75 yil oldin birlashganda, ular dunyodagi yovuzlik haqida umumiy qarashlarga ega edilar. Unda bu fashizm edi. Xozirda esa bu nuqtai nazarlarda qarama-qarshiliklar mavjud, va bu BMT institutini bekor qilmoqda. Shuning uchun BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy aʼzo boʻlgan beshta davlatni Tashkilotdan tashqarida yigʻilishi maqbul boʻlar edi. Ha, bu magʻzini chaqish kerak boʻlgan gʻoya ", dedi Igor Shatrov.
Uning soʻzlariga koʻra, bunday uchrashuvni rad etish uchun hech qanday sabab yoʻq.
"Ahir gap iqtisodiy qarama-qarshiliklar haqida emas, balki xalqaro xavfsizlikka boʻlgan yondashuvlar haqida ketmoqda. Va global miqyosda qarama-qarshiliklar ham mavjud emas. Shuning uchun Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi darajasi uchun, gʻayrioddiy boʻlsa ham, bu tashabbus hamma tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi mumkin", deb hisoblaydi siyosatshunos.