"Umid avto lizing" yuzlab fuqarolar umidini puchga chiqardi

© GUVD"Sovmestniy biznes": kak moshenniki obmanivayut pojilix lyudey v Tashkente
Sovmestniy biznes: kak moshenniki obmanivayut pojilix lyudey v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Umid avto lizing"ga pul to‘lagan 100dan ortiq fuqarolar pullarini ham avtomobilni ham ololmay sarson bo‘lmoqda.

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasi “Umid avto lizing” kompaniyasiga po‘l to‘lab avtomobil ola olmagan 60 nafar fuqaroga yordam berdi, muassasa xabariga asosan.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda tovlamachi ayoldan jabr ko‘rganlar IIBga murojaat etishlari so‘ralmoqda

Xabarda aytilishiga ko‘ra, rishtonlik X.O‘lmasov 2018-yilning 31-oktabr kuni “Umid avto lizing” MChJ bilan shartnoma imzolab, NEKSIYa-3 rusumli avtomobilni lizingga sotib olmoqchi bo‘lgan. Shartnoma imzolangach, mijoz oldindan to‘lanadigan naqd 34750000 (o‘ttiz to‘rt million yetti yuz ellik ming) so‘mni MChJ hisob raqamiga o‘tkazgan. Kelishuvga ko‘ra, lizing kompaniyasi avtomashinani 150 kun ichida olib berishini aytgan. Ammo aytilgan muddatdan o‘tib ham  mijozga mashina berilmagan.

Fuqaro bir yil davomida kompaniya ortidan sarson bo‘lgach, Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma tarzda murojaat qilgan. Jamiyat sa’y-harakatlari bilan ”Umid avto lizing” MChJ kompaniyasi mijoz da’vogar bo‘lgan boshlang‘ich 34750000 so‘mni uning plastik kartasiga qaytarib bergan.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Mijoz lizing kompaniyasiga 49 million so‘m to‘lab ham mashinasini ololmadi

Shuningdek, ushbu kompaniya faoliyati ortidan quvalik M.Ismoilov ham sarsongarchiliklarga duch kelgan. Fuqaro NEKSIYa-3 avtomashinasini sotib olish uchun “Umid avto lizing” MChJ kompaniyasi hisobiga boshlang‘ich 33758266 (o‘ttiz uch million yetti yuz ellik sakkiz ming ikki yuz oltmish olti) so‘m to‘lovni amalga oshirgan.

Belgilangan vaqtdan o‘tib ham va’da qilingan avtomashinani ololmagach, fuqaro kompaniya ustidan ko‘plab joylarga shikoyat qilgan. Ammo birgina Farg‘ona shahar istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining yordami bilan “Umid avto lizing” MChJ mijoz o‘tkazgan boshlang‘ich 33758266 so‘m to‘lovni uning kartasiga qaytargan. 

Matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, Respublika iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasiga “Umid avto lizing” MChJ ustidan 60  ga yaqin shikoyat  kelib tushib, Federatsiya tomonidan yordam ko‘rsatilgan.   Bundan tashqari yana yuzlab mijozlar ushbu kompaniya ortidan sarson bo‘lishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0