Toshkentda tovlamachi ayoldan jabr ko‘rganlar IIBga murojaat etishlari so‘ralmoqda

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ra’no Qodirova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139, 237 va 238-moddalari bilan (Tuhmat qilish, yolg‘on xabar berish va yolg‘on guvoxlik berish) jinoiy javobgarlikka tortilgan

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB saytida xabar qilinishicha, 2017-yil 22-mart kuni Uchtepa tumani IIBga fuqaro Ra’no Qodirova ariza bilan murojaat etgan. U arizasida 2017-yil 21-mart kuni soat taxminan 00:00larda ISUSU avtoulovida yo‘lovchi sifatida ketayotgan vaqtida ikki nafar noma’lum shaxs kuch ishlatib, uning 470 ming so‘mlik "SAMSUNG GALAXY MINI 3" rusumli uyali telefon apparatini va 200 ming so‘m pulini ochiqdan-ochiq egallab, yashirinishganligini ma’lum qilgan.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qonda retsidivist-tovlamachi ayollar qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2017 yil 21-may kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Ra’no Qodirova g‘arazli niyatlarda go‘yoki avtoulov haydovchisi unga nisbatan talonchilik jinoyati sodir etilganligini ko‘rsatib, tuhmat qilib, yolg‘on xabar va ko‘rsatuv berib, tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ra’no Qodirova O‘zbekiston Respublikasi JKning 139, 237 va 238-moddalari bilan (Tuhmat qilish, yolg‘on xabar berish va yolg‘on guvoxlik berish) jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Unga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent shahar IIBB ushbu shaxsning xatti-harakatidan kimdir jabr ko‘rgan bo‘lsa, "102" telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilish mumkinligini bildirmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0