Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanadigan haydovchilarni ogohlantirdi

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Mediabankka o‘tishMetel na avtomobilnoy doroge
Metel na avtomobilnoy doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuchli qor bo‘ronlari sabab Qozog‘istonning 9 viloyatida 48 ta yo‘l uchastkasida barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Avtomobili vo vremya snegopada - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda kuchli qor bo‘roni: qaysi yo‘llar yopilgan

Unda ta’kidlanishicha, ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi hamda kuchli qor bo‘ronlari sabab Qozog‘istonning 9 viloyatida 48 ta yo‘l uchastkasida barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi.

Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi mabuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘skemen-Ridder-RF chegarasi avtoyo‘lining 15-105 km oralig‘idagi (Belousovka-Ridder) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillari uchun yopilgan.

“O‘skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 15-105 km (Glubokoe-Shemonaixa) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtolari uchun yopildi.

Semey-Qaynar trassasining 8-144 km oralig‘idagi (Semey-Sarjal), O‘skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 105-123 km oralig‘idagi (Shemonaixa-RF chegarasi) uchastka ham yopilgan.

“Aqto‘be-Bolgarka-Shubarquduq” trassasi 17 km (Sazdi ovuli) - 190 kmgacha (“Aqto‘be-Astraxan” trassasi) bo‘lgan qismida harakat butunlay to‘xtatilgan.

Haydovchilarga ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar yo‘lga chiqmasliklarini tavsiya etamiz”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0