Qozog‘istonda kuchli qor bo‘roni: qaysi yo‘llar yopilgan

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishAvtomobili vo vremya snegopada
Avtomobili vo vremya snegopada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nur-Sulton va unga qo‘shni hududlarda kuchli qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Ayrim yo‘llar umuman yopilgan. Transport harakati qiyinlashgan.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Qozog‘istonda politsiya xodimlari va qutqaruvchilar kuchaytirilgan tarzda ishlashga o‘tishdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar qilmoqda.

Ob-havoning yomonlashgani sabab to‘qqizda viloyatning 48 uchastkasida barcha turdagi transport vositalari uchun harakat cheklangan.

Ichki ishlar vazirining ko‘rsatmasiga binoan, politsiya va favqulodda vaziyatlar xodimlari fuqarolar va xavfsizligini ta’minlash va ularga zudlik bilan yordam ko‘rsatish maqsadida kuchaytirilgan tarzda ishlash rejimiga o‘tishgan.

Akmola viloyatida respublika ahamiyatiga molik Yekaterinburg-Olmaota yo‘llari uchastkalarida harakat barcha turdagi tranport vositalari uchun yopiq.

Pavlodar viloyatida - respublika ahamiyatiga molik Nur-Sulton – Yereymentau – Shiderti uchastkasida.

Shimoliy Qozog‘iston viloyatida - respublika ahamiyatiga molik Yekaterinburg-Olmaota uchastkasida

Aqtobe viloyatida - respublika ahamiyatiga molik Aqtobe-Orsk avtomobil yo‘llari uchastkalarida.

Shuningdek, Nur-Sultonda shahar atrofidagi barcha yo‘nalishli jamoat transportlari uchun harakat vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0