Insonga yuqtirilgan koronavirusning dastlabki belgilari qanday?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBaxrom Almatov
Baxrom Almatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda 571 holatda o‘ta xavfli bo‘lgan koronavirus kasalligi aniqlangan. Ushbu xastalikdan 17 nafar inson vafot etgan.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Xitoyda 571 holatda koronavirus kasalligi aniqlangan. Ushbu xastalikdan 17 nafar inson vafot etgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anumanida ma’lumot berildi.

Xorijda vafot etgan fuqarolarni vatanga olib kelish qay tartibda amalga oshiriladi

Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qilishicha, kasallik Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda aniqlangan. Shuningdek, Uxan shahrida epidemiologik surishtiruv o‘tkazilganda, ayrim kasallangan bemorlarning mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu kasallik bilan og‘rigan bemor asosan tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qiladi. Xususan, yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan davlatlarda bemorlar ko‘krak qafasi rentgenografiya ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning o‘pkalari shikastlanganligi aniqlangan.

Bundan tashqari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining asosan hayvonlardan  yuqishi taxmin qilingan edi. Ammo bugungi kunda ushbu kasallikning odamdan odamga yuqishi ma’lum bo‘lgan va 20 nafarga yaqin tibbiyot xodimi mazkur xastalikni yuqtirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi. Davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0