O‘tgan yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishPasport grajdanina Rossiyskoy Federatsii
Pasport grajdanina Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilda qariyb 498 ming nafar chet el fuqarosi Rossiya fuqaroligini olishdi. Bu 2018-yilga nisbatan 84 foizga ko‘p.

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. 2019-yilda 19,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya fuqaroligini oldi. Bu Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya bosh boshqarmasining hisobotida keltirilgan.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqaroligini olish arizasini ko‘rib chiqish muddati qisqartiriladi

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilda qariyb 498 ming nafar chet el fuqarosi Rossiya pasportini olgan. Bu 2018-yilga nisbatan 84 foizga ko‘p. O‘shanda atigi 269 ming kishi Rossiya fuqaroligini

Rossiya fuqaroligini olganlarning aksariyati Ukraina fuqarolari (qariyb 300 ming kishi), undan keyin Qozog‘iston fuqarolari - 50,5 ming va Tojikiston - 44,7 ming, shuningdek, Qirg‘iziston - 9,3 ming va Turkmaniston - 1,4 ming kishi.

Shuningdek, 2019-yilda 234,7 ming nafar chet el fuqarosi vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, 182 ming kishi istiqomat uchun guvohnoma olgan.

Yangiliklar lentasi
0