O‘z kasbining mohir ustasi edi - Rashid Malikov Aida Yunusova haqida

© Foto, Iz lichnogo arxiva R. MalikovaKinorejisser Rashid Malikov
Kinorejisser Rashid Malikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng ham u hammaning yodida – rejisser Rashid Malikov Aida Yunusova haqida.  

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. O‘zbekistonlik rejisser Rashid Malikov Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda aktrisa Aida Yunusovani esga oldi. Eslatib o‘tamiz, kecha taniqli aktrisa Aida Yunusova og‘ir kasallikdan so‘ng 71 yoshida vafot etgan edi.

Aida Yunusova na VII Vsesoyuznom kinofestivale. 12-19 aprelya 1974 goda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova vafot etdi

Rashid Malikov aytishiga qaraganda Aida Yunusova O‘zbekiston xalqining suyukli aktrisalaridan biri bo‘lgan, ish faoliyatidagi 25-yillik tanaffusdan so‘ng ham uni ko‘pchillik unutmagan.

Uni kino olamiga ilk bor rejisser Anatoliy Kabulov o‘zining “Slepoy dojd” filmi orqali olib kelgan edi. Shundan so‘ng u juda mashhur  va talabgir aktrisaga aylandi. Uni ko‘plab o‘zbek kinolariga taklif qilishgan.

“Men Aida bilan 1977-yilda mashhur “Chinor tagidagi duel” filmida suratga tushganman. O‘shanda men, tibbiyot oliygohi talabasi bo‘la turib “Nortoy” rolini ijro etganman. Aida esa “Nortoy” otasini uylantirmoqchi bo‘lgan hamshira ayol rolini ijro etgan edi. U intelligent, mohir professional, o‘z rolini nozik his qiluvchi aktrisa edi. U bilan birga ishlash katta baxt edi”, - deb eslaydi Malikov.

Lekin 1980-yillar oxirida Aida Yunusova kino ekranlarida ko‘rinmay qoldi. O‘shadan men endi VGIKni tamomlab rejisser bo‘lgan edim va Aidani o‘zimning “Klinika” nomli birinchi kartinamga taklif qilmoqchi bo‘lgandim.

Uni uzov vaqt qidirib topa olmaganman. Keychalik menga u turmush qurib o‘z hayotini oilasiga bag‘ishlashga qaror qilganini aytishgan. Shunday so‘ng u ekranlarda yana 2000-yillarda paydo bo‘lgan edi. Ijod yo‘lida uzoq tanaffus bo‘lishiga qaramasdan uni hech kim unutmagan – u ana shunaqa ajoyib aktrisa edi”, - deydi rejisser.

Rejisser Malikov ob Aide Yunusovoy: ya tak iskal yee dlya svoyego debutnogo filma
Yangiliklar lentasi
0