O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova vafot etdi

© Sputnik / Nikolay GnisukAida Yunusova na VII Vsesoyuznom kinofestivale. 12-19 aprelya 1974 goda
Aida Yunusova na VII Vsesoyuznom kinofestivale. 12-19 aprelya 1974 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aida Yunusova “Ajoyib xayolparast”, “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yo‘llar”, “Zulmatni tark etib” kabi kartinalarda qatnashgan.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Taniqli aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshda olamdan ko‘z yumdi. U og‘ir xastalikni boshdan kechirgandi.  Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar qildi. Agentlik marhumaning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirgan.

Aktrisa uzoq vaqt davomida turli rollar ijro etgan. Jumladan, “Ajoyib xayolparast”, “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yo‘llar”, “Oltin kuz”, “Mehrigiyo”, “Zulmatni tark etib”, “Karvon”, “Anor”, “Birinchi yo‘lovchilar” kartinalarida qatnashgan.

Aktrisa sifatida 1989-yilgacha “O‘zbekfilm”da faoliyat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng kinoni tark etgan. Ma’lum tanaffusdan so‘ng yana kinoga qaytdi va ekranda ko‘rina boshlagandi. Aida Yunusova og‘ir xastalikni boshdan kechirgandi.

Aida Yunusova 1948-yilda Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1970-yili teatr va rassomchilik institutining drama teatri va kino fakultetini tamomlagan. Talabaligining oxirgi kursida rejissorlar e’tiboriga tushib, kinoga taklif qilingan.

Yangiliklar lentasi
0