Harbiy ekspert NATO yangi dronining imkoniyatlarini shubha ostiga oldi

Obuna bo‘lish
"Bu misli ko‘rilmagan xom-xayol" - dedi rossiyalik ekspert NATOning yangi strategik dronining Rossiya hududi ichkarisiga "chuqur qarash" imkoniyatlari haqida.

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik.  NATO Rossiya hududiga chuqur nazar soladigan dronlarga ega, degan edi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg biroz oldin. Harbiy ekspert Aleksey Leonkov nima uchun bu bayonotni sensatsion deb atash mumkin emasligini tushuntirdi.

NATOning yangi "Global Hawk " strategik droni Rossiya hududida nimalar bo‘layotganini kuzatishi mumkin, deb yozadi Norvegiyaning Verdens Gang nashri.

Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Yangi dronlar Rossiya hududini chuqurroq kuzatishi mumkin - NATO

"Ular NATO hududi orqali uchishadi, ammo qo‘shni mamlakat chegaralarining ichkarisida nima sodir bo‘lganligini yozib olishlari mumkin", dedi nashrga Ittifoq bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Gazetaning yozishicha, Amerikaning Global Hawk kompaniyasining yangi versiyadagi dronlari 30 soat davomida yoqilg‘isiz havoda bo‘lishlari mumkin va ularning sensor va radarlari 18 kilometr balandlikdan 200 km radiusda bo‘ladigan barcha vaziyatlarni yozib olishlari mumkin.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, bu uchuvchisiz apparatlar NATOga Rossiya va Xitoy ega bo‘lmagan noyob ustunlik beradi.

Ayni paytda Sitsiliyada ikkita dron sinovdan o‘tkazilmoqda va yil davomida yana uchtasi Italiyaga keltiriladi. Hammasi bo‘lib, NATO o‘nta Global Hawk ni sotib oldi.

Raketniy kompleks Iskander-M - Sputnik O‘zbekiston
NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

Sputnik radiosida harbiy ekspert Aleksey Leonkov NATO bosh kotibining bayonotiga izoh berdi va nima uchun uni sensatsion deb atash mumkin emasligini tushuntirdi.

"Stoltenbergning ta’kidlashicha, bu dronlar bizning hududimizga chuqurroq qarashadi, ammo boshqa vositalar ham buni amalga oshirishlari mumkin. Masalan, Avakslar yanada uzoqroqni ko‘rishi mumkin - 600 kilometr masofagacha. Poseidon i RC-135 razvedka samolyotlari ham bor. Ular o‘zlarining elektron va radiotexnik  razvedka vositalari bilan hududlar ichkarisini ko‘rib turishi mumkin. Bular ma’lum majmualar.Lekin bu dronlarga e’lon qilinayotgan xususiyatlar xayolot sohasidandir.NATO umid qiladiki, agar ular uzoq vaqt davomida 18 km balandlikda uchib turishsa, biz ularni ko‘rmaymizmi? Albatta ko‘ramiz, bilamiz, radioelektron kurash tizimlari bilan ularga to‘siqlar qo‘yamiz. Va bu dron ko‘rishi kerak bo‘lmagan narsani u albatta ko‘ra olmaydi. Albatta bu bayonot qiziq, va shubhasiz, bu vaziyatdan behabar bo‘lgan odam tomonidan tayyorlangan. Ammo mutaxassislar uchun bu sensatsion yangilik emas." - dedi Aleksey Leonkov.

Tramp naznachil Zelenskogo novim prezidentom Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Tramp NATO a’zolarini yiliga 130 mlrd $ ko‘p to‘lashga majbur etgani bilan maqtandi

Agar NATO shu tarzda yangi keskinlikni qo‘zg‘amoqchi bo‘lsa yoki Rossiyani "qo‘rqitmoqchi" bo‘lsa, unda bu urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi, deydi harbiy ekspert.

"Agar bu shunday urinish bo‘lsa, unda bu muvaffaqiyatsiz. Chunki unda biron bir yangilik yoki "qo‘rqinchli"so‘z aytilmadi. Darvoke, Global Hawk aynan shunday to‘plamda bo‘lmasligi mumkin, ammo u bizning chegaralarimiz bo‘ylab Boltiqbo‘yi va Qora dengizda uchib yurgan. Shuningdek u Suriyada ham ko‘ringan. Ya’ni biz ushbu uchuvchisiz apparatni ko‘rdik, uni kuzatib bordik"dedi Aleksey Leonkov.

Chet el samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida muntazam ravishda razvedka ishlarini olib boradi. Ular ko‘pincha Qrim va Krasnodar o‘lkalarida, Boltiq dengizi ustida va Suriyadagi Rossiya bazalari yaqinida uchraydi. Rossiya Mudofaa vazirligi Amerika qo‘mondonligini bir necha bor bunday razvedka operatsiyalarini to‘xtatishga chaqirgan, ammo Pentagon buni rad qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0