Yangi dronlar Rossiya hududini chuqurroq kuzatishi mumkin - NATO

© U.S. Air Force / Bobbi ZapkaAmerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk
Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi strategik dronlar NATOga Rossiya va Xitoyda mavjud bo‘lmagan imkoniyatlarni berishi mumkin dedi NATO yetakchisi Stoltenberg.

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. NATOning Global Hawk yangi strategik dronlari Rossiya hududida nimalar bo‘layotganini kuzatishi mumkin, deb yozadi Norvegiyaning Verdens Gang nashri, RIA Novosti xabariga asosan.

"Ular NATO hududi orqali uchishadi, ammo qo‘shni mamlakat chegaralarining ichkarisida nima sodir bo‘lganligini ko‘rib turishlari mumkin", dedi Ittifoq Bosh kotibi Yens Stoltenberg nashrga bergan intervyusida.

Gazetaga ko‘ra, Amerikaning Global Hawk uchuvchisiz apparatining yangi versiyasi bo‘lgan dronlar yoqilg‘i quyishsiz 30 soat davomida havoda qolishlari mumkin. Ularning datchiklari va radarlari 18 kilometr balandlikda 200 kilometr radiusda sodir bo‘layotgan barcha narsalarni yozib olishlari mumkin.

AQSh uchuvchisiz samolyoti Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida razvedka olib bordi

Stoltenberg so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchuvchisiz apparatlar, NATOga Rossiya va Xitoy ega bo‘lmagan noyob ustunlik beradi.

Hozirda ikkita dron Italiyaning Sitsiliya orolida sinovdan o‘tkazilmoqda va yil davomida yana uchta apparat Italiyaga keltiriladi. Hammasi bo‘lib, NATO o‘nta Global Hawk ni sotib oldi.

Chet el uchuvchi apparatlari Rossiya chegaralari yaqinida muntazam ravishda razvedka ishlarini olib bormoqda. Ular ko‘pincha Qrim va Krasnodar o‘lkalarida, Boltiq dengizi ustida va Suriyadagi Rossiya bazalari yaqinida uchraydi.

Mudofaa vazirligi ko‘p marotaba AQSh qumondonligini bunday razvedka operatsiyalarini to‘xtatishga chaqirgan, ammo Pentagon buni rad qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0