TIV yuqumli koronavirus xavfidan yana bir marta ogohlantirdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy personal
Meditsinskiy personal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning mas’ul idoralari Uxan shahrida 136 nafar yangi kasallanish holatini aniqlagan. Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududida ham 90 dan ortiq kasallanish holati ro‘yxatga olingan.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) tarqala boshlagan pnevmoniya virusining (koronavirusning) yangi shaklidan 2020-yil 20-yanvar holatida jami 4 kishining vafot etganini xabar qilgan. Bu haqida tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Bemorlar soni oshmoqda: Xitoy xavfli virusi AQShga yetib bordi

Xitoyning mas’ul idoralari Uxan shahrida 136 nafar yangi kasallanish holatini aniqlagan. Pekin va Shenchjen shaharlarida bemorlarning aniqlangani ilk bor tasdiqlandi. Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududida ham 90 dan ortiq kasallanish holati ro‘yxatga olingan.

Yangi koronavirusni yuqtirganlar Tailand, Yaponiya va boshqa davlatlarda ham aniqlangan, Vetnam va Singapurda ayrim bemorlarning ushbu virus bilan kasallanganligi gumon qilingan.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijdagi bo‘lib turgan yoki chet elga, xususan Xitoyga borishni rejalashtirayotgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi va Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (Xitoy, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Koreya va Filippin) +8610-6532-6305 telefon raqami orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (Shanxay shahri, Anhuy, Fuszan, Hunan, Szansi, Szansu, Chjeszan provinsiyalari)+8621-6307-1896 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi.  Davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator kasalliklari alomatlari aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0