Bemorlar soni oshmoqda: Xitoy xavfli virusi AQShga yetib bordi

Obuna bo‘lish
Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreyada bu virus bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Mutaxassislar virus odamdan odamga o‘tishini tasdiqlashdi.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. AQShda Xitoy koronavirusi bilan birinchi kasallanish holati aniqlanganiligini tasdiqlashdi. Bu haqda The New York Times xabar qildi.

Otrabotka deystviy na sluchay postupleniya infitsirovannix bolnix - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy xavfli virusi Yaponiyada ham paydo bo‘ldi

Vashington shtatida istiqomat qiluvchi kishi bu virus bilan kasallandi. U 15-yanvar kuni Xitoyning Uxan shahridan AQShga qaytib kelgandi.

Erkak o‘zini yomon xis qilishni boshladi va zudlik bilan shifokorlarga murojaat qildi. Ular unda yangi virus borliginiga shubha qilishdi.

Tashxish shu kunlarda tasdiqlandi. Hozir bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.  

O‘tgan haftada AQSh hukumati uchta aeroportda Xitoyning Uxan shahridan kelgan yo‘lovchilarni tekshirishni boshladi. Bu shaharda yangi koronavirus tarqalishi boshladi.

Yo‘lovchilar Nyu-York, San-Fransisko va Los-Anjeles aeroportlarida tekshirilmoqda.

O‘tgan yilning dekabr oxirida kuni Xitoy hukumati mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi.

21 yanvar holatidagi ma’lumotga ko‘ra, Xitoy hukumati ushbu virus keltirib chiqargan 319 ta pnevmoniya holati aniqlangan. Olti nafar kishi vafot etdi.

Virus Xitoy tashqari  Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreyada bu virus bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Mutaxassislar virus odamdan odamga o‘tishini tasdiqlashdi.

Yangiliklar lentasi
0