TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. AQSh ma’muriyati mamlakatga fuqarolari kirishi taqiqlangan ro‘yxatga yettita mamlakatni kiritmoqchi. Ular orasida Belarus va Qirg‘iziston ham bor. Bu haqda RIA Novosti gazeta “Wall Street Journal” gazetasi ma’lumotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, “stop-ro‘yxat”ga Belarus, Qirg‘iziston, Myanma, Nigeriya, Sudan va Tanzaniya kiritilishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, ro‘yxat hali tasdiqlanmagan.
AQSh prezidenti Donald Tramp nashrga bergan intervyusida fuqarolariga AQShga kirish taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirish rejalashtirilayotganini tasdiqladi. Ammo u gap qaysi mamlakatlar hakida ketayotganini ochiqlamadi.