AQSh Amazon filiallarini soxta tovar sotuvchilar ro‘yxatiga kiritishi mumkin - OAV

Obuna bo‘lish
Ro‘yxat yaqin bir necha hafta ichida e’lon qilinadi va hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Nashr manbalari so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili bu tashabbus mavaffaqiyatsizlikka uchragan.

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. AQSh hukumati Amazon kompaniyasi ayrim xorijiy filiallarini kontrafakt (soxta) mahsulot tarqatish bilan shug‘ullanuvchi savdo maydonlari ro‘yxatiga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qildi Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga tayanib.

Amazon O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tegishli choralar AQSh Savdo vakolatxonasi tomonidan ko‘rilishi mumkin. Bu idora har yili kontrafakt tovar yoki pirat mahsulotlarini sotuvchi yoki shunday savdoga yordam beruvchi savdo maydonlari ro‘yxatini e’lon qilib keladi.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxat yaqin bir necha hafta ichida e’lon qilinadi va hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Nashr manbalari so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili bu tashabbus mavaffaqiyatsizlikka uchragan.

O‘z navbatida onlayn-reteyler do‘konda kontrafakt mahsulot sotishni qat’iy ta’qiqlashi, do‘kon, xaridorlar va brendlar himoyasi uchun kattagina mablag‘lar ajratishi haqida ma’lum qilgan.

Bugungi kunda kontrafakt mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilgan eng mashhur firma - bu Taobao.com sayti bo‘lib, u Xitoydagi eng yirik internet-kompaniya Alibaba Groupga qarashli, deb yozadi gazeta.
Amazon - jahondagi eng yirik onlayn-riteylerlardan biri. Kompaniya AQShdan tashqari, Kanada, Xitoy, Braziliya, Yaponiya va Yevropa mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatadi. Amazon.com internet-do‘koni 1995-yilning iyul oyida ishga tushirilgan. 2018-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, kompaniya shtat birligi 575,7 ming kishini tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0