TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Yaponiyada Xitoyning noma’lum virusi bilan yuqtirilishning birinchi holati tasdiqlandi, deb yozadi Kyodo News.
Kasallangan Xitoyning Uxan shahriga tashrif buyurgan Kanagava prefekturasining 30 yoshli fuqarosi ekanligi aniqlandi. Aynan shu yerda dekabr oyida koronavirusning yangi shtammidan kelib chiqqan pnevmoniya tarqaldi.
Erkak Uxanda bo‘lganida 3-yanvar kuni o‘zini yomon his qildi. Bir necha kundan keyin u Yaponiyaga qaytib keldi, va bu yerda 10-yanvar kuni u yo‘tal va isitma alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Chorshanba kuni u kasalxonadan chiqarildi.
Bu Xitoydan tashqarida yangi virus bilan kasallanishning ikkinchi holati. Birinchi bor kasallik Tailandda, Uxandan kelgan ayolda aniqlangan. Ayol zudlik bilan karantinga joylashtirildi.
Noma’lum qo‘zg‘atuvchili pnevmoniyaning tarqalishi Uxan shahrida 2019-yil dekabr oyida qayd etilgan. 40 dan ortiq odam chalingan sirli infeksiyaning sababi koronavirus bo‘lib chiqdi.
Birinchi bemor 9-yanvar kuni vafot etdi va uning aniq sabablari noma’lum - bu odamga qorin bo‘shlig‘i o‘smasi va jigarning surunkali kasalligi tashxisi qo‘yilgan.
Hozir kasallanganlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 700 ga yaqin kishi kuzatuvda, ularning 419 nafari shifokorlardir.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi barcha kasallar tashrif buyurgan shahar dengiz mahsulotlari bozorida bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Bozor yopildi.