Shavkat Mirziyoyev yetkazish kerak bo‘lgan YaIM ko‘rsatgichini ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na sovmestnom zasedanii Zakonodatelnoy palati i Senata Oliy Majlisa.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na sovmestnom zasedanii Zakonodatelnoy palati i Senata Oliy Majlisa. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston yaqin besh yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 100 millard dollarga yetkazmoqchi.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida  O‘zbekiston YaIM hajmini 100 milliard dollarga yetkazmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

“O‘tgan ikki yarim yil ichida yalpi ichki mahsulot hajmi 44 milliard dollardan 58 milliard dollarga yetdi. Bu katta natija. Yaqin besh yilda bu ko‘rsatkichni 100 millard dollarga yetkazishni istaymiz. Biz 100-marta hisoblab ko‘rdik – bunga barcha imkoniyatimiz bo‘lgan”, - deya prezident.

Grafik sostoyaniya finansovogo rinka - Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishini prognoz qildi

Ma’lum qilinishicha, oxirgi ikki yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 44 milliard dollardan 58 milliard dollarga o‘sgan.

Prezident shu bois ishlab chiqarilayotgan iste’mol mahsulotlari hajmini ko‘paytirish hukumat va barcha darajadagi hokimlarning umumiy vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, 2019-yil yakunlariga ko‘ra mamlakat YaIM o‘sishi 5,5 %ni tashkil qilgan. O‘zbekiston YaIM o‘sishi asosan – sanoat sohasi - 6,4%, qurilish  - 11,8% va xizmatlar sohalari – 6,1 % o‘sishi hisobidan amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0