TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Ushbu raqamlar Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan joriy yil yanvar oyidagi hisobotida keltirilgan.
© UzAnalyticsJahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishini prognoz qildi
Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishini prognoz qildi
Mazkur bankning 2019-yil iyun oyida e’lon qilingan prognozlari bilan taqqoslaganda, O‘zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkichlar ko‘tarilgan. O‘shanda 2020-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 5,5 foizni tashkil etishini prognoz qilgandi.
Hisobotda keltirilishicha, 2021-yilda O‘zbekistonda real YaIM 6 foizga, 2022-yilda ham 6 foizga o‘sadi.