Senat va Qonunchilik palatasi qo‘shma majlisi boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente nachalos pervoe posle viborov zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
V Tashkente nachalos pervoe posle viborov zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senat va Qonunchilik palatasi qo‘shma majlisi boshlandi. Unda 97 nafar senator va 150 nafar deputatlar ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senat va Qonunchilik palatasi qo‘shma majlisi boshlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yangi saylangan senatorlari - fotojamlanma

Unda 97 nafar senator va 150 nafar deputatlar ishtirok etmoqda.

Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ma’ruza qiladi. 

Majlisni Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov olib bormoqda.

Majlisda mamlakat bosh vaziri saylanadi.

Bosh vazir lavozimiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Abdulla Aripov nomzodi ko‘rsatilgan.

Kun tartibi bo‘yicha ikkala palata alohida ovoz beradi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ijtimoiy sohalar sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini o‘rta va uzoq muddatda jadal rivojlantirish bo‘yicha 3-yilda 30 dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilinganini ta’kidladi. 

"Dunyodagi tahlikali vaziyatni inobatga olib har bir deputat va senator qanday qonunlarni amalga oshirishni o‘ylashi va ma’lumotlarga ega ekanligini bilish kerak. Bu masalaga tayyorliklaring, hozirgi joylardagi eng katta bizga mana shu muammo tug‘dirayotgan masalalar bo‘yicha joylardagi voqealardan xabardor ekanliklaringni ko‘plaring namoyon qildilaring.

Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Senatning muhim vazifalari haqida gapirdi

Bosh vazirni tayinlash va bosh vazir ertaga sizga tavsiya etgan har bitta ijro organi rahbari sizlarni kayfiyatlaringni ko‘rib bir narsani bilish kerak, bu kechagi deputat kechagi senator emas.

Bugungi kun tartibiga katta e’tibor, xalqimiz ham, jahon xamjamiyati ham qarab turibdi - marralarni qanday amalga oshirar ekan degan masala.

Ijtimoiy sohalarni yaxshilash va qamrovni kengaytirish - tibbiyot va ta’lim haqida oldimizda ko‘p ko‘p mammoli masalalar turibdi. Hozirgi sharoitda islohotlarimizni qay darajada amalga oshapti - bir narsani sizlarga ochiq oydin aytmoqchiman, uch yil bo‘ldi, shu islohotlarni amalga oshirayotganimizga. Bu qisqa davr lekin bu davrda biz qonuniy asosini joyiga qo‘yishga harakat qildik.

Muhim masalaga e’tiborlaringni qaratmoqchimiz: iqtisodiyotni ko‘p sohalarida qarorlar qabul qildik ilgarilash uchun. Bugundan boshlab har bir qonun qabul qilishda quyi palatani demokratiyani rivojlantirish uchun iqtisodiyotimizni barqaror qilishimiz kerak.

Ko‘p vazirlar o‘z vazifasini yaxshi bajara olmayapti. Shular o‘z vazifasini eplamagani uchun muammo o‘sayapti", - dedi prezident.

Mirziyoyev O‘zbekistonda muammoli hisoblangan eng og‘ir masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

“Bizda muammolar ko‘p, bu muammolarni sizlar ham bilishingiz kerak. Takror-takror aytaman: oyog‘imiz yerdan uzilmasdan, hali endi-endi birinchi qadamlar qo‘yapmiz, lekin xalqimizga bir narsaga tashakkur aytishimiz kerakki, bizning birinchi qadamlarimizga xalqimiz ishona boshlayapti.

Bugungi kunda eng katta, og‘ir masalalar yoqilg‘i-energetika sohasida. Sizlarga rostini aytmoqchiman: biz yoqilg‘i-energetikada hali birinchi qadamlarimizni ham amalga oshira olmayapmiz. To‘g‘ri, strategiya qabul qildik, lekin ularni amalga oshirish bo‘yicha, korrupsiyani yo‘q qilish bo‘yicha, hisob-kitobni joyiga qo‘yish bo‘yicha hali ishlarimiz mutlaqo qoniqarli emas, desak adolatdan bo‘ladi. Korrupsiya juda ko‘p, poraxo‘rlik juda ko‘p, shuning uchun deputatlar ham, senatorlar ham, hokimlar ham yoqilg‘i-energetika sohasiga juda katta e’tibor berishi kerak. Nega desangiz, yoqilg‘i-energetikani joy-joyiga qo‘ymaganimizcha sanoatni, iqtisodiyotni rivojlantirish juda og‘ir bo‘ladi. Ming afsus, yillar davomida bu sohalar korrupsiya bilan botqoqqa tushib ketgan sohalar, desak bu ham adolatdan bo‘ladi. 

Birinchi, yoqilg‘i-energetika, geologiya. Bundan 30-40 yil oldin O‘zbekiston geologiya bo‘yicha juda katta ilmiy salohiyatga ega bo‘lgandi. Ming afsuski, bu ilmiy salohiyat yo‘q bo‘ldi, desak bu ham adolatdan. 25-yil davomida bironta odam geologiya bilan shug‘ullanmadi. Bor ilmiy salohiyatni yo‘q qildik. Bu sohaning kadri ham yo‘q, ilmiy guruhlar, akademiklar yo‘q. Buni ham bilishingizlar kerak. Ura-ura qilib, qonun qabul qilish kerak deb ish qilmanglar. Qonun qabul qilganda ham vijdondan o‘tkazinglar: xo‘sh, bu qonunni kim bajaradi?!

Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Rasul Kusherbayev kabi faol deputatlarni maqtadi

Shuning uchun, energetikadan keyin eng katta og‘ir sohamiz geologiya, transport, temir yo‘llarimiz ham, havo yo‘llarimiz ham dunyo hamjamiyatiga, umuman, hozirgi islohotlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Qaysidir soha bo‘yicha salgina yo‘nalish qilgan bo‘lsak, lekin transport sohasi bo‘yicha hali birinchi qadam ham qo‘yganimiz yo‘q. Yo‘l qurilishi bo‘yicha ahvolimiz juda ham... umuman, qurilish va yo‘l qurilishi bo‘yicha ahvolimiz yaxshi emas, ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha katta-katta qarorlar qabul qilishimiz kerak, uzoq-uzoq qishloqlarda odamlarning noroziligi ham mana shu masalalarga juda ko‘ndalang desak, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi.

Kadrlarni topa olmayapmiz. Kadrni o‘zi yo‘q, xohlagan odamni u sohaga qo‘yib bo‘lmaydi, u uchun halollik poklik kerak, korrupsiyani yo‘q qilishimiz kerak.

"Og‘ir sohalar bo‘yicha kadrlarni o‘qitish kerak. Jahon banki bilan qo‘shimcha yo‘l xaritasini qildik. Ular pul berayapti. Jahon banki rahbari tashrifini kutapmiz. Kelajak 5-yilga o‘n milliard dollarlik dastur qildik. Iqtisodiyotni lokomotiv qilib yurgizish uchun mablag‘ kerak. Moliya manbalari kerak", - dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0