Shavkat Mirziyoyev Senatning muhim vazifalari haqida gapirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa
Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida parlament yuqori palatasi ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida parlament yuqori palatasi ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida muhim dasturlar qabul qilinib, shu asosda katta ishlar amalga oshirilayotgani, parlamentning yuqori palatasi a’zolari ham bu borada tashabbus va aniq takliflar kiritishi zarurligi ta’kidlandi. 

“Senatning har bir qo‘mitasi o‘z faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib chiqib shakllantirishi lozim. O‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish zarur. Bu amaliyot aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish imkonini beradi”, – dedi prezident

Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqish va uning ijrosi ustidan parlament nazoratini o‘rnatish, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda hokimlarning yurtimizdagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha hisobotlarini muntazam muhokama qilib borish, yoshlar va ta’lim masalalari senatorlarning doimiy e’tiborida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi. 

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Xalq ishongan deputatning xato qilishga haqqi yo‘q - prezident

Shuningdek, Oliy Majlisning yuqori palatasi mamlakatda korrupsiyaga va jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish muhitini yaratish hamda huquqbuzarlikning barvaqt oldini olishda, davlat idoralarining jamiyatda xotin-qizlar rolini oshirish borasidagi ishlari ustidan nazoratni kuchaytirishda faol bo‘lishi kerakligi aytib o‘tildi.

Mirziyoyev O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini yuksaltirish, xalqaro aloqalarini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun zamin yaratish ham muhimligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0