TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida 2018-yilda Suriyaning Duma shahrida soxta kimoviy hujum bo‘lganining dalillarni keltirdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda G‘arb davlatlari Suriya hukumatini o‘z aholisiga nisbatan kimoviy qurol qo‘llashda ayblagan edi.
BMTda so‘zga chiqqan Rossiya vakili, Demokratiya muammolarini o‘rganish jamg‘armasi direktori Maksim Grigoryev Suriyaga 10 marotabadan ortiq tashrif buyurib, bir necha yuzlab guvohlardan intervyu olganini hamda Duma shifoxonasida odamlar bilan suhbatlashganini aytdi.
"Biz Dumadagi bir kilometr radiusida 300 nafar aholisining jasadlari topilgan uyning o‘nta yashovchisi bilan suhbatlashdik. Bu guvohlarning ko‘rsatmalari Dumadagi kimoviy hujumning soxtalashtirilganligining shubhasiz dalilidir", dedi Grigoryev. Unning fikriga ko‘ra, kimoviy hujum qurbonlari Dumadagi kasalxonaga keltirilmagan.
BMT Xavfsizlik kengashiga, shuningdek, OZXOning sobiq eksperti, Dumadagi voqealarni tekshirgan Ien Xendersonning videomurojaati ham namoyish etildi.
"Ikki guruh yuborilgan edi. Men birinchi guruhga Dumada joylashtirilganidan ko‘p o‘tmay qo‘shildim. <...> Yakuniy hisobotdagi xulosalar guruhning Dumaga safari paytida va undan keyin aniqlaganlariga to‘g‘ri kelmas edi yoki umuman zid edi. Biz oraliq hisobot 2018-yil iyul oyida chiqarilganida, bunday kimoviy hujum sodir bo‘lganligiga jiddiy shubha qilayotganimizni angladik”, - dedi tashkilotning sobiq eksperti.
Rossiya tomonining ta’kidlashicha, OZXO hisobotini tanqidiy tahlil qilish hujjatning asosiy dalillaridan - kimoviy tahlil, toksikologiya, ballistika yoki guvohlarning ko‘rsatmalaridan kelib chiqadigan xulosalar haqida savol tug‘dirdi.
Moskvaga ko‘ra, 2019-yilda Dumada joylashtirilgan birinchi guruh tarkibidagi inspektorlar hisobot chop etilgunga qadar ishda ishtirok etmaganliklari to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar bo‘lgan. Bundan tashqari, ushbu odamlarning asosli savollari yoki hisobotdan tashqari kuzatuvlar xisobotdagi ko‘rsatmalar bilan farqlanayotgani xaqidagi habarlar inkor qilinayotgani hisobga olinmadi. Bularning barchasi yakuniy hisobotning yaxlitligiga shubha tug‘diradi.
Shunga qaramay, ba’zi davlatlar Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Suriyani kimoviy qurol ishlatganlikda ayblashda davom etdilar. Xususan, Estoniyaning BMTdagi doimiy vakili Sven Yurgenson "MUFSning mustaqil va professional ishlashiga" ishonishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Dumadagi OZXO hisobotining xulosalariga shubha qilish uchun hech qanday sabab yo‘q".
Kimoviy hujum haqida hisobot
O‘tgan yilning mart oyida Kimoviy qurolni taqiqlash tashkiloti 2018-yil 7-aprelda Dumada sodir bo‘lgan voqeani tekshirish bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Hujjatda, xususan, kimoviy hujumda toksik kimoviy modda ishlatilgan - ehtimol xlor bo‘lganligi va xlor to‘ldirilgan ballonlar havodan tushirilganligi aytilgan. Bu ba’zi G‘arb mamlakatlariga hujum uchun Suriya aviatsiyasini ayblash imkonini berdi.
Biroq, keyinchalik OZXO eksperti Ien Hendersonning muhandislik baholashi bo‘lgan hujjat ochiq manbalarda paydo bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashning ikki joyida o‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ballonlar havodan tushirilmagan, balki qo‘yib ketilgan. Bundan tashqari, Xenderson boshchiligidagi mutaxassislar guruhi vaziyatni imitatsiya qilgan bir nechta sinovlarni o‘tkazdilar va bitta holatda ballondagi taxminiy ta’sir beton tomga yetkazilgan shikast bilan to‘g‘ri kelmaganini ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi holatda ballonning klapani shiftni buzib o‘tish natijasida ham shikastlanmasdan butun xolatda bo‘lganligidir.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Suriya qo‘shinlari tomonidan zaharli moddalarni ishlatilishi haqidagi uydirma ma’lumotni tarqatilishi maqsadi terrorchilarni himoya qilish va tashqi tomondan rejalashtirilgan hujumlarini oqlash istagi deb atadi. Shu bilan birga, muqaddam Rossiya Bosh shtabida jangarilar Sharqiy Gutada kimoviy qurol ishlatish bahonasida provokatsiya tayyorlayotganliklari haqida ogohlantirishgan edi.