Aleppoda jangarilar kimoviy hujumidan 65 kishi jarohatlandi

© Sputnik / Ministry of defence of the Russian FederationVoyennoslujashie vo vremya razminirovaniya istoricheskoy Sitadeli drevney kreposti Aleppo. Ministerstvo oboroni RF
Voyennoslujashie vo vremya razminirovaniya istoricheskoy Sitadeli drevney kreposti Aleppo. Ministerstvo oboroni RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilar Aleppoda 120mm minomotlardan qo‘lbola snarad va raketalar yordamida kimoviy hujum amalga oshirishdi.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Suriyaning Aleppo viloyatida tarkibida kimoviy zararli moddalar bo‘lgan snaradlar bilan qilingan hujum oqibatida 65 kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda Suriyaning al-Watan gazetasi.

Ximik va biologik himoya kostumlari kiygan askarlar - Sputnik O‘zbekiston
Dayr-az-Zorda ID jangarilari kimoviy qurol ishlatdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ar-Razi kasalxonasiga kimoviy quroldan jarohatlanganlarning 21 nafari, universitet shifoxonasiga esa - 44   nafari joylashtirilgan. Ularning barchasida nafas olish yo‘llarnining shikastlanishi qayd etilgan va ularga intensiv tibbiy yordam ko‘rstilmoqda.

Ushbu hujum Aleppo shaharchasi yaqinida, harbiylardan xoli qilingan hududda joylashib olgan terrorchilar tomonidan 120mm minomotlardan qo‘lbola snarad va raketalar yordamida amalga oshirilgan.

Ayni damda ushbu hududga Rossiya harbiy kimogarlari yetib kelishgan. Ular jarohatlanganlarni kasalxonalarga joylashtirish va maxsus uskunalar yordamida hududini monitorging qilishga kirishishgan.

Yangiliklar lentasi
0