“Renova” O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini qurmoqchi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSolnechnaya elektrostansiya
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov “Renova” kompaniyalari guruhi direktorlar Kengashining raisi Viktor Vekselberg bilan muzokaralar o‘tkazdi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. “Renova” kompaniyalari guruhi O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalari qurish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tenderlarda qatnashish hamda quyosh batareyalarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov “Renova” kompaniyalari guruhi direktorlar Kengashining raisi Viktor Vekselberg bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vetranie elektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
BAA O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasini qurishga 600 mln $ investitsiya kiritadi

“Rossiya tomoni tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etish, quyosh elektr stansiyalari qurish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tenderlarda qatnashish, qolaversa, O‘zbekistonda quyosh batareyalarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish, keyinchalik respublikada amalga oshirilayotgan loyihalarda ulardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, muzokaralar davomida “Raqamli konlar” platformasi negizida uglevodorodlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha milliy markaz yaratish, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi va muqobil energiya sohasida hamda zarur texnologiyalarni yetkazib berish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

“Renova” kompaniyalari guruhi o‘rnatilgan quvvati 14 GVtga teng Rossiyadagi yirik xususiy elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi bo‘lib, mamlakatning 20 ta hududida faoliyat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0