BAA O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasini qurishga 600 mln $ investitsiya kiritadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVetranie elektrostansii
Vetranie elektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurilish ishlarini 2020-yilning uchinchi choragida boshlab, obyektni 2022-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik.  Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan O‘zbekistonning Navoiy viloyatida 400 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Kelishuvni imzolash Investitsiya va tashqi savdo vazirligida bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam razvitiya elektroenergetiki. - Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilda qariyb 1300 megavatt quvvatlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan

Vazirlik xabariga ko‘ra, “Masdar” kompaniyasi shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni amalga oshiradi.

Qurilish uchun investitsiyalar hajmi 600 mln dollar miqdorida baholanmoqda. Ishlarni 2020-yilning uchinchi choragida boshlab, obyektni 2022-yilda foydalanishga topshirish reja qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAAning “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatidagi umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurishga 100 million dollargacha sarmoya kiritishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0