Kechagi saylovchilar bugungi saylovchilar emas  - Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev sovet davrida, mustaqillikning dastlabki yillarida va bugungi parlament va saylovchilar ongi haqida gapirdi.

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisida so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda O‘zbekistonda saylovchilarining siyosiy tafakkuri va demokratik bilimlari o‘sganiga e’tibor qaratdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Saylovlar xalqimizning ongi tafakkuri o‘zgarganini, kechagi saylovchilar bugungi saylovchilar emasligni butun dunyo ishondi”, - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Shuningdek, prezident bu safargi saylovlar xalqaro talab va standarlarga javob beradigan darajada o‘tganinini ham alohida qayd etdi. 

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Bugun rivojlanayotgan O‘zbekistonni mutlaqo boshqa yo‘lga qo‘yishimiz kerak - Shavkat Mirziyoyev

Amaliyotimizda birinchi marta saylov jarayonini boshqarish bo‘yicha avtomt tizim va saylov yagona ro‘yxati joriy etildi. Og‘ir jinoyat sodir etmagan mahkumlarga ilk bor ovoz berish imkoniyati yaratildi.

"Biz munosib qonun qabul qilib, hammani lol qoldirishimiz kerak. G‘urur va iftixor hammaga ham munosib bo‘lmaydi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Men 1989-yildagi saylov va parlamentni yaxshi eslayman. O‘zbekiston tizimini yo‘q qilishga sekundlar qoluvdi. Juda katta tayyorgarlik bo‘lgan. Bir kishining munosabati bilan tizimni saqlab qolgan edik. Men o‘shanda O‘zbekiston Birinchi prezidentimiz, hurmatli Islom Abdug‘aniyevich yonida bo‘lganman. O‘sha paytlar Moskovdan parlament a’zolari kelib o‘tirardi. Hamma tomoshabin edi.

Biz Mustaqillik yillari qiyin va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdik. Ko‘p xatolar ham bo‘ldi. Biz buni unutmasligimiz kerak. Shu xatolarni qaytarmaslik uchun biz O‘zbekiston yangi parlamenti tuzapmiz. 

Yangiliklar lentasi
0