Bugun rivojlanayotgan O‘zbekistonni mutlaqo boshqa yo‘lga qo‘yishimiz kerak - Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxirgi uch yilda parlamentga juda katta vakolat berdik. Bunday qadamlarga katta katta davlatlar endi qadam qo‘yapti - prezident.

TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat majlisida so‘zga chiqib, O‘zbekiston parlamenti butunlay yangi muhitda ish olib borayotgani haqida gapirdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

"Xalqimizni qiynayotgan ko‘p ko‘p muammolarimizni saylovchilar aniq ravshan aytdi. Oldin ochiq-oshkora debatlar bo‘lmagan. 2010-2014 yillarda shunday muhit bormidi? - degan savol deputatlarni qiynashi kerak. Odamlar parlamentga mutlaqo befarq edi. Besh yillik reja nuqtayi nazaridan deputatlarga katta tayyorgarlik ko‘rapmiz. Juda katta qonunlar qabul qilish kerak. Dunyoda soat sayin raqobat oshib ketapti. Shunga munosib bo‘lish uchun o‘z ustimizda ishlashimiz kerak.  Yangilanayotgan yangi O‘zbekistonni tarixiga besh yilda zamin yaratasizlar. To‘g‘rimi noto‘g‘rimi, amalga oshadimi yo‘qmi, xalq beradi bahoni. Xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Oxirgi uch yilda parlamentga juda katta vakolat berdik. Bunday qadamlarga katta katta davlatlar endi qadam qo‘yapti. Shu vakolatdan xalqimizni foydasi uchun to‘g‘ri foydalanamizmi yo‘qmi? Bu masala qiynayapti. Bugun rivojlanayotgan O‘zbekistonni mutlaqo boshqa yo‘lga qo‘yishimiz kerak", - dedi Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev parlament to‘g‘ri qonunlar qabul qilsa, xalqchil qonunlarni shunday tarixda qolishga munosib bo‘lish imkoniyatini berishini ta’kidladi.

Prezident o‘z nutqida yangi saylangan spikerni tabrikladi. Shuningdek, u spiker va uning o‘rinbosarlari o‘zgarishi kerakligini qayd etib, har birlari o‘z ustida ishlashlari lozimligini ta’kidladi.

Prezident ertaga qo‘shma majlisga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0