Medvedev nima sababdan uning hukumati iste’foga chiqqanini tushuntirdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishIntervyu Premyer-ministra RF D. Medvedeva rossiyskim telekanalam
Intervyu Premyer-ministra RF D. Medvedeva rossiyskim telekanalam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya hukumati iste’foga chiqishining ikkita sababini keltirib o‘tdi.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedev nima sababdan Rossiya hukumati iste’foga chiqqanini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkita asosiy sabab mavjud.

Medvedevning ma’lum qilishicha, bu, birinchidan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni siyosiy tizim yangilanishi doirasida biror bir boshqa, jumladan, hukumat omillariga qaramasdan qaror qabul qilish va muhokama qilish imkoni bilan ta’minlash zarurati bilan bog‘liq. U Rossiya prezidentining mamlakat parlamentiga qilgan murojaatida siyosiy tizimni yangilashga oid keng ko‘lamli vazifalar belgilanganini eslatib o‘tdi.

Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedaniyax Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqadi - Medvedev

“˂...˃ Bu ham hukumatga, ham parlamentga, qisman prezidentga, sud tizimiga taalluqli. Bu barcha qarorlarni qabul qilish uchun prezident ularni muhokama qilish va boshqa bir omillarga qaramasdan qabul qilishda mutlaqo ozod bo‘lishi lozim. Jumladan hukumat omiliga”, - dedi Medvedev Perviy kanalga bergan intervyusida.

Sobiq bosh vazir ikkinchi sabab sifatida vaqt omilini ko‘rsatdi. U hukumat raisi lavozimini qariyb sakkiz yil egallab kelganini eslatdi. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, bu har holda g‘oyat qiyin masalalarga oid qabul qilish bilan bog‘liq juda uzoq va mashaqqatli ish bo‘lgan.

“Buni ham inobatga olish lozim”, - dedi u.

Medvedev sakkiz yil hukumatga rahbarlik qilish Rossiyaning eng yangi tarixida ilk marta bo‘lganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 15-yanvar kuni Rossiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Iste’foga chiqqan Medvedev Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mixail Mishustin esa Rossiya yangi bosh vaziri etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0