TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Dmitriy Medvedev Rossiya prezidentining Federal Kengashiga yo‘llagan murojaatnomasidan so‘ng o‘tkazilgan uchrashuvda hukumat to‘liq tarkibda iste’foga chiqayotganini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Putin o‘z murojaatnomasida Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflar bergan edi.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, taklif qilingan o‘zgarishlar ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati o‘rtasidagi muvozanatni o‘zgartiradi.
“Ushbu holatda ochiq ko‘rinib turibdiki, biz Rossiya hukumati sifatida mamlakatimiz prezidentiga tegishli barcha qarorlarni qabul qilish imkoniyatini taqdim etishimiz kerak va hozirgi sharoitda, menimcha, Rossiya Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq, Rossiya hukumati to‘liq tarkibda iste’fo berishi to‘g‘ri bo‘lardi”, - deb ta’kidladi Medvedev.
Rossiya yetakchisi yaqin vaqtda Vazirlar Mahkamasining har bir a’zosi bilan uchrashishini aytdi.
Bundan tashqari, prezident Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi ma’lum qildi va bu lavozimni Dmitriy Medvedevga taklif qildi.