O‘zini-o‘zi moliyalashtiradigan oliygohlar korrupsiyadan himoya qilinadi

© RepostTGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie
TGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida quyidagi OTMlar o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Joriy yildan boshlab O‘zbekistondagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi. Buning afzalliklari va imkoniyatlari nimada? Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati batafsil ma’lumot berdi.

Otkritie filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi filial elitar oliygoh bo‘ladi – MGIMO rektori

Qayd etilishicha, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida quyidagi OTMlar o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.

Tizimning afzalligi shundaki, o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tadigan oliy ta’lim muassasalari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishi mumkin.

Bundan tashqari talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish va bu bo‘yicha o‘qitish qiymatini belgilaydi.

Yangi tizimga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt narxlarining keskin oshib ketmasligi, qo‘shimcha mablag‘ topish maqsadida korrupsiya holatlarining sodir etilmasligiga jiddiy e’tibor beriladi.

Ya’ni  mazkur 10 ta oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat olib boriladi.

Quyidagi OTMlar o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; Toshkent davlat yuridik universiteti; Urganch davlat universiteti; O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; Samarqand davlat chet tillar instituti; Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; Toshkent moliya instituti; Toshkent davlat sharqshunoslik instituti; Toshkent farmatsevtika instituti; Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Yangiliklar lentasi
0