Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi: qurbon bor

© Sledstvenniy departament pri MVD RUz.Vzriv na gazozapravochnoy stansii v Djizake.
Vzriv na gazozapravochnoy stansii v Djizake. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, portlash ta’mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida ro‘y bergan.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida portlash oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa bugun, 16-yanvar kuni Zarbdor tumani Yangihayot mahallasidagi “Gaz manbai” MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida yuz bergan.

Pojar v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar zaharlanishi va yonib ketgan xonadonlar: Andijondagi portlash oqibatlari

Qayd etilishicha, portlash ta’mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida ro‘y bergan.

“Natijada mazkur MChJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0