Fuqarolar zaharlanishi va yonib ketgan xonadonlar: Andijondagi portlash oqibatlari

© Sledstvenniy departamentPojar v Andijane
Pojar v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portlash sabab ko‘p qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar ko‘rgan. Shuningdek, 11 nafar fuqarolar termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Chorshanba kuni Andijon shahridagi to‘rt qavatli uylarning birida yuz bergan portlash oqibatlari haqida O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

V odnom iz mnogoetajnix domov 2-go mikrorayona goroda Andijana proizoshol pojar - Sputnik O‘zbekiston
Andijondagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi

"2019 yil 4-dekabr kuni soat taxminan 14:05 da Andijon shahar 2-kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi 30-yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida o‘rnatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hech kim yo‘qligi va nazoratsiz qolishi oqibatida ko‘p miqdorda gaz to‘planib chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan", - deyiladi xabarda.

Yong‘in sabab mazkur ko‘p qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar ko‘rgan. Shuningdek, 11 nafar fuqarolar termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Jabr ko‘rganlar orasida 3 nafar voyega yetmaganlar bor. Qurbonlar yo‘q.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Yangiliklar lentasi
0