TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun talablar belgilandi. Tegishli buyruq 13-yanvar kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Buyruqqa muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
Nizomda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
- dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
- psixologik o‘rganish;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
Nizomga muvofiq, o‘rta yoki o‘rta-maxsus yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolar nomzod bo‘lishi mumkin:
- 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;
- muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
- rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.