O‘zbekiston Milliy gvardiyasi to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentga bo‘ysundirildi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy gvardiyaga prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qo‘mondoni rahbarlik qiladi.

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. Bugun bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisda "Milliy gvardiya to‘g‘risida"gi qonun ko‘rib chiqildi va qabul qilindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Mashina militsii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIO va Milliy gvardiya xodimlari qizni nima sababdan yo‘ldan sudrab olib ketgani oydinlashdi

Qonun Milliy gvardiyaning maqomi, vakolatlari, vazifalari va funksiyalarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. Qonunga ko‘ra Milliy gvardiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarga ega bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organdir.

Belgilab qo‘yilishicha, Milliy gvardiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik qiladi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar esa Milliy gvardiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarish majburiyligi nazarda tutilmoqda.

Milliy gvardiya faoliyati qonun bilan tartibga solinadi >>>

Milliy gvardiyaning tarkibi mustahkamlanmoqda. Jumladan, Milliy gvardiyaning tarkibiga markaziy devon, hududiy boshqarmalar, harbiy tuzilmalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, shuningdek, Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlar kiradi.

Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiyachi fuqaro hayotini saqlab qoldi

Shu bilan birga, Milliy gvardiya bevosita O‘zbekiston prezidentiga bo‘ysunadi va unga hisobdordir, Milliy gvardiyaga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qo‘mondoni rahbarlik qiladi. Milliy gvardiya qo‘mondoni maqomiga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi. Bundan tashqari, Milliy gvardiyada harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi va shartlari, ularning huquqiy maqomi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, qonun bilan qonun normalari talablaridan kelib chiqib, Jinoyat-protsessual kodeksga va "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar qayd etganidek, qonun qabul qilinishi Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi o‘z xizmat va harbiy majburiyatlarini ishonchli, tashabbus bilan va moneliksiz bajarashini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0