O‘zbekistonda paxta terimini mexanizatsiyalash jadallashtiriladi

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADASbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 – 2022-yillarda Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida, 2023 – 2026-yillarda respublikaning qolgan hududlarida paxta hosilini yig‘ishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etish jadallashtiriladi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori 14-yanvar kuni qabul qilindi.

Unga ko‘ra birinchi bosqichda (2020 – 2022-yillar) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida, ikkinchi bosqichda (2023 – 2026-yillar) respublikaning qolgan hududlarida paxta hosilini yig‘ishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etish jadallashtiriladi.

O‘zbekiston paxta sanoati - Sputnik O‘zbekiston
Paxta boyligi: xom ashyodan tayyor mahsulotga

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini Moliya vazirligi tomonidan qoplab berish amaliyoti 2020-yilda saqlab qolinadi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlarga istisno tariqasida tender o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar sotib olishga, transport xizmatlari va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Shuningdek, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomala (import) uchun chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQS to‘lashni 270 kun kechiktirib amalga oshirishga ruxsat berildi.

Yangiliklar lentasi
0